calendar 29 Jan 16:30
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonga kirishga qo'yilgan cheklovlar uzaytirildi

image
image

Mamlakatda koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq epidemiologik barqarorlikni taʻminlash maqsadida, xususan boshqa mamlakatlardan virusning yangi shtammlarini kirib kelishini oldini olish borasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali O'zbekistonga kirish)ni to'xtatish kabi choralar ko'rilgan edi.

Hozirda yuzaga kelgan holatlarni tahlili hamda yuqorida qayd etilgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, 2021 yilning 1 fevraliga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 martiga qadar uzaytirildi.

Eslatib o'tamiz:

Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida so'nggi 14 kun davomida bo'lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O'zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi;

so'nggi 14 kun davomida ushbu davlatlarda bo'lgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi tartibi davom etiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 20:14
 
92
0
xs.uz

Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash

17 May 21:46
 
63
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

13 May 14:37
 
53
0
xs.uz

Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da