calendar 29 Jan 11:31
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonda valyuta oldi-sotdi operatsiyalari tartibi o'zgaradi

image
image

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oshirilishini yanada takomillashtirish borasida qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021-2025 yillarga mo'ljallangan valyuta interventsiyalari strategiyasi" tasdiqlandi. Strategiyada Markaziy bankning valyuta interventsiyalari tamoyillari, shakllari hamda interventsiyalarni amalga oshirishning maqsad va vazifalari qayd etildi.

Qarorga muvofiq, 2021 yilning 15 fevralidan boshlab, ichki valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta oldi-sotdi savdolari bo'yicha quyidagilar joriy etiladi:

•    O'zbekiston respublika valyuta birjasida savdo sessiyalari amaldagi "fiksing" usulidan "koll auktsion" va ikki tomonlama uzluksiz auktsion "metching" savdo usullariga o'tkazilishi;

•    valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo'yicha savdo sessiyalarining soat 10:00 dan 15:00 gacha "Onlayn platforma" orqali amalga oshirilishi;

•    valyuta birjasida valyuta oldi-sotdisi bo'yicha hisob-kitoblarning hozirda mavjud T+0 (bugungi ish kuni) shaklidan T+1 (keyingi ish kuni) shakliga o'tkazilishi;

•    tijorat banklarining valyuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan ishtirok etish amaliyotidan voz kechgan holda xo'jalik yurituvchi subʻyektlar bilan valyuta operatsiyalarini to'g'ridan-to'g'ri valyuta pozitsiyasi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq, Markaziy bankning valyuta operatsiyalari bo'yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, O'zbekiston hududida bojxona va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash uchun chet el valyutalarining so'mga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank ish kuni soat 16:00 da Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʻlon qilib boriladi.

Shu bilan birga, qarorda valyuta bozorini rivojlantirishning keyingi bosqichlarida valyuta operatsiyalari bo'yicha savdo ishtirokchilarining umumeʻtirof etilgan eng namunali amaliyotlarni o'z ichiga olgan "Etika kodeksi"ning qabul qilinishi hamda tijorat banklarining "market-meykerlar" sifatida ishtirokini yo'lga qo'yish maqsadida ularga beriladigan imtiyoz va majburiyatlarni o'zida aks ettiruvchi "Market-meykerlik faoliyati to'g'risida"gi meʻyoriy hujjat ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan.

"Amalga oshirilayotgan o'zgarishlar ichki valyuta bozorining infratuzilmasini takomillashtirish, valyuta kursining shakllanishida tijorat banklarining rolini yanada oshirish hamda tadbirkorlarning mablag'larini zarur bo'lgan valyutalarga tezkor ravishda almashtirish imkoniyatlarini yaratadi", deyiladi Markaziy bank Matbuot kotibi xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
67
0
xs.uz

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi

'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy

01 Jun 03:47
 
129
0
xs.uz

Yangi O‘zbekiston — baxtiyor bolalar mamlakati

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratilib, ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun ' Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo'lgan Yangi O'zbekistonda o'zgacha ruh va ko'tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo'shib kelmoqda.Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respubl

13 May 14:37
 
52
0
xs.uz

Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl

31 May 08:49
 
48
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad