O‘zbekistonda qayta tiklanayotgan shaharlararo avtobus yo‘nalishlarining narxi ma’lum qilindi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 17-avgustdan e’tiboran shaharlararo avtobuslar harakati qayta tiklanishi xabar qilingan edi. Shu munosabat bilan “Toshkent” avtovokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarning narxi ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.
Xususan, 17-avgust kuni “Toshkent” avtovokzalidan quyidagi mahalliy yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari boshlanadi:
- Soat 07:40 da Toshkent—Jo‘sh. Chipta narxi 51 000 so‘m.
- Soat 08:30 da Toshkent—Navoiy. Chipta narxi 52 000 so‘m.
- Soat 08:30 da Toshkent—Shofirkon. Chipta narxi 63 000 so‘m.
- Soat 08:50 da Toshkent—Xatirchi. Chipta narxi 50 000 so‘m.
- Soat 09:30 da Toshkent—Buxoro. Chipta narxi 75 000 so‘m.
- Soat 10:00 da Toshkent—Samarqand. Chipta narxi 35 000
- Soat 10:20 da Toshkent—Qorako‘l. Chipta narxi 73 000 so‘m.
- Soat 10:30 da Toshkent—Qarshi. Chipta narxi 54 000 so‘m.
- Soat 12:00 da Toshkent—Kattaqo‘rg‘on. Chipta narxi 45 000 so‘m.
- Soat 14:00 da Toshkent—O‘smat. Chipta narxi 32 000 so‘m.
- Soat 15:30 da Toshkent—Urganch. Chipta narxi 115 000 so‘m.
- Soat 16:00 da Toshkent—Zomin. Chipta narxi 24 000 so‘m.
- Soat 16:00 da Toshkent—Qo‘ng‘irot. Chipta narxi 135 000 so‘m.
- Soat 17:40 da Toshkent—Denov. Chipta narxi 87 000 so‘m.
- Soat 18:00 da Toshkent—Buxoro. Chipta narxi 75 000 so‘m.
- Soat 18:00 da Toshkent—Nukus. Chipta narxi 100 000 so‘m.
- Soat 18:30 da Toshkent—Termiz. Chipta narxi 78 000 so‘m.
- Soat 19:00 da Toshkent—Xiva. Chipta narxi 115 000 so‘m.
- Soat 19:00 da Toshkent—Denov. Chipta narxi 87 000 so‘m.
Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalaridan hamda “Uztrans.uz” yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olish mumkinligi ta’kidlangan.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab avtobus qatnovlarining vaqtiga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.
Mavzuga doir:
- “Toshshahartransxizmat” poytaxtda jamoat transporti va metropoliten faoliyati nima sababdan 15-avgustdan qayta tiklanishiga izoh berdi
- Toshkentdagi avtobuslarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun validatorlar o‘rnatilmoqda
- Toshkentda 22 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga o‘zgartirish kiritildi va 3 ta yo‘nalish yopildi
Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastlamoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'55,77 soʻmga'tushdi va'12 831,13 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'82,54 soʻmga'pastladi va'14 542,80 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,20 soʻmga'tushib,'161,07 soʻmni'tashkil etdi.
Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.