calendar 13 Aug 15:30
eye 62
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 13 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
59 0 0

Bir sutka davomida 439 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 439 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 60 nafari Toshkent viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 8 nafari  Navoiy viloyatida tana harorati ko'tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 611 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 26 270 nafarga yetdi.

Ayni paytda 6 608 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 215 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Koronavirus turlari

O'zbekistonda koronavirusning 12 dan ortiq turi qayd etilgan.

Sog'liqni saqlash vazirligini 6-bayonnomasida koronavirusning 12 dan ortiq turi haqida yozilgan.

Shunga ko'ra, ushbu alomatlar — koronavirusning oshqozon-ichak shakli bo'lishi mumkin. Hududingizdagi oilaviy shifokorga murojaat qiling, tekshirib, keyin nima qilish kerakligini tushuntiradi.

Test sinovlari

Test sinovlari uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Taʻlim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisi bayoniga muvofiq: Oliy taʻlim muassasalarining bakalavriat taʻlim yo'nalishlariga kirish test sinovlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan markaziy stadionlarda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o'tkaziladi.

Bunda, har 30 ta test topshirig'ini yechish uchun (javoblar varaqasini to'ldirish bilan birga) — 90 daqiqa vaqt ajratiladi (60 ta test topshirig'iga jami — 180 daqiqa).

Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qo'yish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin.

Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi o'tkaziladigan obʻyektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish bo'yicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yo'lga qo'yish ustida ish olib borilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,6 milliondan oshdi, 749 ming kishi vafot etdi, 12,8 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,2 mln), Braziliyada (3,2 mln), Hindistonda (2,4 mln).

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
174
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma