calendar 12 Aug 15:30
eye 59
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 12 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1082)
16 0 0

Bir sutka davomida 718 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 32 465 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 718 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 32 465 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 109 nafari Toshkent viloyatida, 108 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 1 016 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 25 106 nafarga yetdi.

Ayni paytda 7 149  nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) hamda Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 210 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Karantinni yumshatish choralari

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'tkazgan videoselektor yig'ilishda 15 avgustdan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralari belgilandi.

Prezident 15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo'l qatnovi uchun ruxsat berish kerakligini aytdi.

Quyidagi belgilandi:

- sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, go'zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko'rsatadigan umumiy ovqatlanish obʻyektlari faoliyati ham tiklanadi;

-  belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o'tkazish mumkin bo'ladi;

- 17 avgustdan hududlar o'rtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanadi;

- 20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do'konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,3 milliondan oshdi, 742 ming kishi vafot etdi, 12,6 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,1 mln), Braziliyada (3,1 mln), Hindistonda (2,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1082)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
174
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma