Modomiki, inson qusurlardan hali ham toʻliq xoli emaskan, uning botinida yaratuvchanlik xislatlarini uygʻotishda insoniy munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Bunga urgutlik Mahmud Qarshiyevning gulday hunari va soʻnggi yillardagi hayoti yorqin misol. U tuman sudi hukmi bilan maʼlum muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Jazoni ijro etish muassasasida qoʻllar mehnatga, yaratuvchanlikka oʻrgandi. Fikrimizcha, koʻngil ham shunday.
' Otam usta duradgor, ' deydi M. Qarshiyev. ' Bolalikdan yogʻoch bilan ishlashda uquvga ega boʻlganman. Mana bu yerda shu hunarni puxta egallab, yogʻoch oʻymakorligida ancha-muncha qoʻlim kelib qoldi. Nasib etsa, ozodlikka chiqqach, shu hunar orqali oʻz hayotimni mutlaqo boshqacha davom ettirmoqchiman.
Tabiiyki, umr daftarini oppoq sahifadan boshlashdek istak har doim jamiyatning mahkumlarga munosabatiga bogʻliq. Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan yosh mahkumlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning biror-bir kasb boshini tutishiga koʻmaklashish, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida 'Yoshlar bilan 10 kun' loyihasi oʻtkazildi.
Loyiha doirasida Navoiy shahridagi 4-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar qoʻl mehnati bilan yaratilgan mahsulotlar koʻrgazmasi, milliy kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi hamda armrestling sport musobaqalari, 'Zukko kitobxon', 'Zakovat' intellektual oʻyinlari tashkil etilib, gʻoliblar taqdirlandi. Albatta, ular erishgan natijalar shaxsiy varaqasida ham qayd etilgan boʻlsa, ajab emas.
Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo
Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor
Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma