calendar 23 Mar 16:44
eye 103
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Soʻnggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar ' oliy va yuqori darajadagi sammitlar, konferensiya va kongresslarning anʼanaviy mezboniga aylandi.

2022-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Buyuk ipak yoʻli' majmuasi bunyod etilgani bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, Samarqandning xalqaro markaz sifatidagi salohiyatini yanada oshirdi.

Bugun Prezident ushbu xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi. Majmuada xorijiy delegatsiyalar va sayyohlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, qulayliklarni kengaytirishga qaratilgan muayyan ishlar olib borilmoqda, qator yangi obyektlar qurilmoqda.

Jumladan, markaz hududida umumiy maydoni 1150 kvadrat metr boʻlgan yirik konsert zali barpo etilmoqda. 100 kishini qabul qila oladigan madaniyat maskani zamonaviy akustika uskunalari bilan jihozlanmoqda.

Prezidentimiz xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shu yerning oʻzida Samarqand viloyati hokimi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan davlatimiz rahbariga hisobot berdi.

Taʼkidlash joiz, joriy yilda Samarqandda yirik xalqaro anjumanlar boʻlib oʻtadi. Bugungi kunda 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammiti va Iqlim forumi, 'Markaziy Osiyo ' Koʻrfaz arab davlatlari' sammiti, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini oʻtkazishga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 20:14
 
24
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

17 May 21:46
 
44
0
xs.uz

Oʻquvchilarga avtomobillar ijaraga berilishi oqibatida oyiga 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlmoqda

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolyapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman pro

31 May 08:49
 
19
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p

08 Jun 02:26
 
136
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn