calendar 17 May 21:46
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

image
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.

Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan, madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi hamkorlik hamda oʻzaro hamdoʻstlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini bildirib, Xorazmni, Xivani oʻz yurtimday sevib qoldim deya eʼtirof etdi.



Ochilish marosimidan soʻng, ishtirokchilar oʻrtasida savol-javoblar tariqasida viktorina oʻtkazilib, gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Koreya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan 'Mening kuchukcham Runi' nomli film namoyishi barchaga manzur boʻldi.

Kinofestivalda xorijlik sayyohlar ham ishtirok etib unutilmas taassurotlar oldi.



' Bizning sayohatimiz aynan festivalga toʻgʻri kelgani ayni muddao boʻldi, ' deydi belgiyalik mehmon Alis. ' Tarixiy manzaralarni, muzeylarni koʻrib hayratlanish barobarida kinofestivalda ham ishtirok etganimizdan xursandmiz. Mehmondoʻstlik va unutilmas xotiralar uchun rahmat!

Yakunda tadbirda ishtirok etgan faol tomoshabinlarga ham esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Barchaga birdek manzur boʻlgan ushbu festival davlatlar va millatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam hamdoʻstlik ifodasiga aylandi, desak, mubolagʻa emas.

Otabek ISMOILOV,

jurnalist.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

Prezident Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib ko'rdi.Bu yerda 110 ta korxonaning 500 ga yaqin mahsuloti namoyishga qo'yilgan. Jumladan, avtomobilsozlik, mashinasozlik, to'qimachilik, elektr texnikasi, raqamli texnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, gulchilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlardagi samarali loyihalar taqdim etilgan.Davlatimiz rahbari viloyatda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlar va ilg'or ishlanmalar bilan t

17 May 21:46
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

17 May 21:46
 
91
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

17 May 21:46
 
94
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika