calendar 22 Mar 08:54
eye 89
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tungi klubda bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozogʻistondan ekstraditsiya qilindi

image
Toshkentdagi tungi klubda sherigini himoya qilishga uringan erkak ayovsiz kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani haqida'xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak tergovdan qochib, qoʻshni Qozogʻistonda'qoʻlga olinganidan'soʻng, Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati'maʼlum qildi.

Bildirilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

'Mazkur holat boʻyicha tergov harakatlari toʻliq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi', deyiladi IIBB xabarida.

Mushtlashuv joriy yilning 16-mart kuni tungi soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida yuz bergan. Unda 30 yoshli A.Sh. oʻzining 40 yoshli tanishi X.A. bilan tortishib qolib, oʻzaro janjallashgan. Bu vaqtda 35 yashar B.A. ularni ajratishga harakat qilgan, biroq A.Sh. uni urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda B.A. 'bosh miya jarohati, oʻng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish' tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

31 May 08:49
 
19
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad

31 May 08:49
 
29
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,