calendar 20 Mar 12:54
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi

image
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.

Ushbu yirik loyihani 'OTP Green Fund' moliyalashtiriladi va 'OTP Group' tarkibiga kiruvchi 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkilotchiligida Vengriyaning 'OTP Group' konserni delegatsiyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda guruh tarkibiga kiruvchi kompaniya bilan ayni masala, yaʼni Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish boʻyicha yirik loyihani amalga oshirish borasidagi navbatdagi choralar konstruktiv tarzda muhokama qilindi hamda investitsiya bitimi, yer uchastkasini ijaraga berish, taʼsis va nizom shartnomalari imzolandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:34
 
28
0
xs.uz

Migrantlarsiz Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 16,8 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

Jahon banki 'Oldinga yoʻl: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qoʻllab-quvvatlash' nomli hisobotini taqdim etdi. Hisobot taqdimoti 5-mart kuni Toshkent shahrida'boʻlib oʻtgan.Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga taʼsiri tahlil qilingan. 2023-yil holatiga koʻra, tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortigʻi Rossiyaga yoʻl olgan. Oʻzbekistonlik muhojirlar oqimi koʻp

20 Mar 12:54
 
9
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.

28 Feb 01:18
 
45
0
xs.uz

Toshkentda “UzBuild 2025” va “Woodtech html5-dom-document-internal-entity1-amp-end MebelExpo Uzbekistan 2025” koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda

2025-yil 25-27-fevral kunlari Toshkentdagi 1, 2, 3, 4-pavilonlar va Atrium 2 zalida 'UzBuild 2025' hamda 'Woodtech html5-dom-document-internal-entity1-amp-end MebelExpo Uzbekistan 2025' xalqaro koʻrgazmalari oʻtkaziladi.Ushbu tadbirlar qurilish va mebel sanoatining yetakchi vakillarini bir joyga toʻplash, yangi mahsulot va texnologiyalarni namoyish etish hamda biznes aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.'UzBuild 2025' koʻrgazmasida eshik va derazalar, dekorativ yoritish uskuna

20 Mar 12:54
 
10
0
xs.uz

Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?

Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.