Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.
Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik subyektlari bilan ixtiyoriy asosda kooperatsiya aloqalarini oʻrnatadi va bu jarayonda davlat xaridlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hujjatda bu borada bir nechta muhim tartiblar nazarda tutilgan.
Birinchidan, korporativ buyurtmachilar import qilinish rejalashtirilgan mahsulotlar roʻyxatini shakllantiradi va eʼlon qiladi. Bu mahalliy tadbirkorlik subyektlariga ushbu mahsulotlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatini yaratishga imkon beradi.
Ikkinchidan, kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun tadbirkorlardan takliflar qabul qilinishi tartibi belgilanadi. Shuningdek, ularning takliflarini belgilangan mezonlar asosida baholash mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu jarayon orqali mahalliy tadbirkorlarga teng imkoniyatlar taqdim etilishi koʻzda tutilmoqda.
Uchinchidan, tanlab olingan tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya bitimlari tuziladi. Bu bitimlar mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va boshqa shartlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu bitimlar asosida mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar davlat buyurtmachilariga yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻladi.
Toʻrtinchidan, kooperatsiya jarayonini samarali tashkil etish uchun korporativ buyurtmachining boshqaruv organlari qarori bilan kamida besh nafar aʼzodan iborat komissiya tuziladi. Bu komissiya kooperatsiya jarayonining adolatli va samarali boʻlishini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Shuningdek, 'Kichik biznesga koʻmaklashish markazi' MCHJ kichik tadbirkorlik subyektlariga kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishda yordam beradi va ularning biznes loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
Yangi nizom mahalliy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, davlat xaridlarida shaffoflikni taʼminlash hamda ichki bozorda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarning ulushini oshirishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta
Jangchi qizning jasorati
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar
Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig