Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.
1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtida transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi sabab yuk mashinasida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin FVB Oltinkoʻl tuman boʻlimi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Asaka tumani FVB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Prezident Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va munosib nishonlash toʻgʻrisida qaror imzoladi
Mamlakatimizda 9-may'''Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga hissa qo'shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e'tibor va chuqur ehtirom ko'rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini ulug'lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.
Samarqand va Xorazmda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi
Samarqand va Xorazm viloyatlarida aksiz markasiz tamaki va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi qalbaki mahsulotlar musodara qilindi.Samarqand viloyatining Narpay tumanida 'Alisher Navoiy' mahallasida joylashgan savdo doʻkoni tekshirildi. Fuqaro M.N. sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan 51 turdagi, umumiy bahosi 41,3 mil
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu