calendar 20 Mar 12:50
eye 60
comments 0
comments Manba: postda.uz

XODIMNING VIJDONI nomaqbul taklifni qabul qilmadi

image

Izquvarlar jinoyatlarni fosh etishda biri ikkinchisiga zanjirdek bog‘langan holatlarni sinchiklab o‘rganishadi. Yoki surishtiruv jarayonida mutlaqo kutilmagan voqeliklar ham sodir bo‘lib turadi.

Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili, kapitan Adhamjon Mashrabboyev 2023-yilda fosh etilmagan o‘g‘rilik jinoyatini ochish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan chiqarilgan ajrimga asosan, gumonlanuvchining izidan tushib, tumanda istiqomat qiluvchi yana boshqa bir fuqaro 1968-yilda tug‘ilgan R.K. xonadonida tintuv o‘tkazadi. 

Tezkor xodimning kutilmagan tashrifi R.K.ni shoshirib qo‘ydi. Tekshiruv jarayonida uning xonadonidagi temir seyfdan 11 nafar shaxsga tegishli fuqarolik pasportlari, 6 dona avtotransport vositalarini qayd etish guvohnomasi, yana shuncha haydovchilik guvohnomasi, 1 donadan «Iphone 14» va «Redmi» rusumli telefon apparatlari va 1 juft sirg‘a borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. R.K. fuqarolarga foizga pul berib, ushbu buyum va hujjatlarni garov sifatida saqlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv jarayonlari boshlandi. Shundan so‘ng R.K. chora ko‘rmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga jinoyat qidiruv xodimiga bir necha bor pora taklif qildi. Xodim unga bu ishi qonunga xilof ekanini tushuntirsa hamki, eshitishni xohlamadi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.K. kapitan A. Mashrabboyevga 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Xodimning vijdoni bunday nomaqbul taklifni qabul qilmadi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

o‘z muxbirimiz.

Namangan viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:51
 
49
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:50
 
24
0
xs.uz

Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi

Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyas

17 May 21:47
 
298
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K

17 May 21:47
 
296
0
xs.uz

Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.