calendar 09 Mar 06:33
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda viloyatliklarni haqoratlagan qashqadaryolik yigit qamaldi

image


Toshkent shahriga viloyatdan kelganlarni turli qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qilgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda 'Millar' dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, bugun, 7-mart kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan.

Maʼlum boʻlishicha, viloyatliklarni turli xil soʻzlar bilan haqorat qilib, ulardan'Toshkentga kelmasliklarini soʻrab, video olgan yigitlardan biri Qashqadaryo, ikkinchisi esa Samarqand viloyatida tugʻilgan. Sud hujjatlarida keltirilishicha, mazkur video 28-fevral kuni suratga olingan va 1-mart kuni ijtimoiy tarmoqqa joylangan.

Sud majlisida yigitlar ushbu videoni olishdan maqsad birovni kamsitish boʻlmagani, uni shunchaki turli shevalarni taqlid qilish maqsadida olishgani va videotasvir Instagramʼga joylanganidan 4 soat oʻtib oʻchirilganini bildirgan. Shuningdek, ular aybiga toʻliq iqror boʻlgan va qilgan ishidan pushaymonligini, boshqa bu kabi holat takrorlanmasligini aytib, yengillik soʻragan.

Sud qaroriga koʻra, sudlanuvchilar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va ularga shu modda bilan nisbatan 10 (oʻn) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
42
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga

13 May 14:37
 
48
0
xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi

13 May 14:37
 
35
0
xs.uz

Sifatli taʼlim qaygʻusi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang