O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasi — AQSHda

Xabarda qayd etilishicha, Amerika oromgohlari Assotsiatsiyasi 1910-yilda tashkil etilgan bo'lib, AQSHning oromgoh dasturlari xavfsizligi va sifati uchun yuqori standartlarni ishlab chiquvchi va oromgohlarni akkreditatsiyadan o'tkazuvchi nufuzli tashkilot hisoblanadi. Assotsiatsiyaning bir asrdan ziyod faoliyati natijasida AQSH oromgohlari dunyodagi eng yaxshi, xavfsiz, sifatli va so'lim oromgohlarga aylangani bejiz emas. Mazkur tashkilot bugungi kunda AQSHdagi bolalar, o'smirlar,' yoshlar, oilalar, mustaqil ta'lim oluvchilar uchun mo'ljallangan 3765 ta turli oromgohlarni birlashtiradi.
14 ta davlatdan 2000 nafarga yaqin delegat ishtirok etayotgan mazkur konferensiyada O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o'rinbosari, Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti direktori Anvarjon Abdumuxtorov ishtirokchilarga Yangi O'zbekistonda yosh avlod vakillari kamoloti yo'lida mamlakatimiz Prezidenti tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar, bolalarni sog'lomlashtirish borasidagi qator loyihalar to'g'risida atroflicha ma'lumot berdi. Shuningdek, delegatsiya vakillari konferensiya doirasida tashkil etilgan 'Oromgohlarda foydalaniladigan zamonaviy jihozlar, texnika va texnologiyalar yarmarkasi' bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so'ng do'stona hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti hamda Amerika oromgohlari Assotsiatsiyasi o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik memorandumining amaliy ijrosi sifatida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti vakillari AQSHning Texas, Florida va Nyu-York shtatlaridagi qator bolalar oromgohlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'zaro tajriba almashish imkoniga ega bo'ldilar.
'
Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan
Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi
Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n
Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma