Murodjon quvib, Inoue qochib charchamayapti — Eddi Xirn. Taniqli promouter yaponiyalik bokschini kamaridan mahrum qilishni talab qilmoqda

Britaniyalik promouterning soʻzlariga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.
'Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevdan qochyapti. Uni bir emas, ikki marotaba Murodjondan kamarini himoya qilishga chaqirishdi. Lekin u har safar jangdan ochiqchasiga qochdi', ' deydi Eddi Xirn.
Inoue Ahmadaliyevning chang chaqirigʻiga qaramasdan Ti-Djey Doxeni hamda Joon Kimga qarshi ringga koʻtarildi. WBA Inouega ortiqcha qochmaslik va kamarini Ahmadaliyevdan himoya qilish boʻyicha soʻnggi ogohlantirishni berishi shart, deya qoʻshimcha qiladi u.
Maʼlumot uchun, Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue 24-yanvar kuni Koreyalik raqibi Joon Kimni 4-raundda magʻlub qilib, chempionlik kamarini munosib himoya qilgan edi.
Avvalroq, WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosa Inoue 24-yanvar kungi jangini oʻtkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadaliyevdan chempionlik kamarlarini himoya qilishiga topshiriq bergandi.
“Oʻyingohga sigʻmay qolishlari mumkin”: BAA-Oʻzbekiston oʻyiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi
Shu yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsda Oʻzbekiston terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida fan-klub aʼzolari bilan birgalikda 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi tomoshabin sifatida borishi kutilmoqda.Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shu kunlarda tur-paketlar orqali turistlarni
Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...
Garchi bu voqea frontdagi jang emas, balki yashil maydondagi kurash boʻlsa-da, yuragimda kechayotgan tuygʻular goʻyoki yillab toʻplangan orzular, ezilgan umidlar va nihoyat, bosh koʻtargan ishonch bilan yoʻgʻrilgan bir tarixiy lahza kabidir. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi agar bugun bor-yoʻgʻi bitta ochko olsa, ilk bor jahon chempionatining shonli sahnasiga qadam qoʻyadi.Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo bi
Oʻzbekiston, futbol boʻyicha jahon chempionatiga xush kelibsiz!
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbol boʻyicha 2026-yil AQSH, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, toʻrt yillikning nufuzli musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.Futbolchilarimizning bu yutuqlari nufuzli xorij nashrlari, ekspertlar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tarixiy natija sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki har toʻrt yilda Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA
“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri