calendar 27 Jan 00:54
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi

image
22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.

'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.

Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi, yana 23 ming kishi evakuatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi', ' dedi Los-Anjeles okrug sherifi Robert Luna.

Kaliforniya oʻrmon xoʻjaligi va yongʻindan himoya qilish departamenti maʼlumotlariga koʻra, qizil bayroqli ogohlantirish natijasida, 1100 ga yaqin oʻt oʻchiruvchilar janubiy Kaliforniya boʻylab safarbar qilingan.

Ushbu hududda toʻqqiz oy davomida sezilarli darajada yomgʻir yogʻmadi va bu yongʻinlar kelib chiqishi uchun qulay sharoit yaratgan.

Eslatib oʻtamiz, Los-Anjeles tarixida eng talafotli deyilgan avvalroq yuz bergan yongʻinlar oqibatida 24 kishi halok boʻlgan hamda 16 kishi bedarak yoʻqolgan edi. Ofat natijasida hududga 250-275 milliard AQSH dollari atrofida zarar yetgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
203
0
xs.uz

AQSH Kiyevga zarba berdi — OAV

AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kanadadagi G7 sammiti doirasidagi amalga oshmagan uchrashuvi Kiyev uchun zarba boʻldi. Bu fikrlarni Germaniyaning 'Berliner Zeitung' gazetasi yozdi.'Bu Kiyevga yana bir zarba boʻldi va AQSH bu inqirozda yevropaliklardan boshqacha fikr yuritishi va harakat qilishining yana bir isboti boʻldi', deyiladi maqolada.Muallifga koʻra, Trampning Vashingtonga muddatidan oldin qaytishi Ukrainaga 'achchiq xabar' boʻlib, bu mojaro

31 May 08:50
 
120
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

08 Jun 02:27
 
145
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

31 May 08:50
 
118
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su