Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.
Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli sulh muzokaralari boshlanadi. Ushbu muzokaralarga Uitkoffning oʻzi rahbarlik qilishi rejalashtirilgan. Ammo u kelishuv shartlari va sulh muddati boʻyicha aniq maʼlumot bermagan.
HAMAS taklifi va muzokaralar
Reuters agentligi dushanba kuni HAMAS 70 kunlik sulh evaziga 10 nafar garovdagi shaxsni ozod qilishni taklif etganini xabar qildi. Ammo Uitkoff bu taklif avvalgi kelishuv shartlariga mos kelmasligini bildirdi. Uning aytishicha, u hozircha HAMAS rasmiylari bilan bevosita uchrashmagan.
Ayrim manbalarga koʻra, falastinlik-amerikalik ishbilarmon Bishara Bahbah Doha shahrida HAMAS vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. U 2024-yilgi AQSH prezidentlik saylovida Trampni qoʻllab-quvvatlagan arab-amerikaliklar guruhiga rahbarlik qilgan va hozirgi muzokaralarda rasmiy shaxs sifatida ishtirok etmoqda.
Vashingtonning muzokaralardagi faol ishtirokiga qaramasdan, Falastin tomoni avvalgi sulhda Isroil doimiy faollik koʻrsatmagani sababli bu safar ishonchli kafolat talab qilmoqda.
Harbiy tayyorgarlik va hujum rejasi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu dushanba kuni qilgan videomurojaatida garovdagilarni ozod qilish ustuvor vazifa ekanini taʼkidladi. 'Bu borada yaqin kunlarda yangiliklar boʻlishi mumkin. Biz hech qachon taslim boʻlmaymiz', ' dedi u.
Ayni paytda Isroil armiyasiga janubiy Gʻazoning katta qismini boʻshatish buyrugʻi berilgan. Harbiy matbuot kotibining maʼlum qilishicha, yangi hujum Xon Yunis shahri va uning atrofini qamrab oladi. Isroil kuchlari Filadelfiya yoʻlagi deb ataluvchi 14 kilometrlik evakuatsiya hududini egallagan. Falastinliklar dengiz boʻyidagi Al-Mavasi hududiga koʻchirilishi koʻzda tutilgan.
BMT maʼlumotiga koʻra, 2024-yil 18-martdan soʻng Gʻazo sektori hududining kamida 80 foizi harbiy zonaga aylantirilgan.
Shu kuni Tel-Aviv armiyasi Gʻazodan uchta raketa uchirilganini, ulardan ikkitasi Gʻazo hududiga tushganini, biri esa tutib qolinganini maʼlum qildi.
Isroil harbiy rasmiylari CNNʼga bergan intervyuda mamlakat armiyasi ikki oy ichida Gʻazoning 75 foizini egallashni rejalashtirayotganini aytdi. Agar bu amalga oshsa, 2 milliondan ortiq falastinlik sohilboʻyi sektorining faqat 25 foiziga siqib chiqariladi va hudud deyarli toʻliq Isroil nazoratiga oʻtadi.
HAMASning bayonoti
HAMAS hukumatining matbuot xizmati Isroil hozirda Gʻazo sektoridagi hududlarni 77 foizgacha nazorat qilayotganini maʼlum qildi. Bu esa falastinliklarni oʻz uylari va mulklariga kirish imkonidan mahrum etuvchi majburiy koʻchirish siyosati orqali amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi
Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl
Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda
AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su
AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi
Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres
AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi
AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o