calendar 02 Dec 16:41
eye 4
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Prezident kubogi 2024”: Nodirbek Abdusattorov turnir gʻolibi boʻlishi deyarli imkonsiz

image
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida davom etayotgan nufuzli 'Prezident kubogi' xalqaro musobaqasining 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. 7-turning markaziy uchrashuvida birinchi raqamli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2777) hindistonlik Puranik Abhimanyu (2682) bilan durang oʻynadi. Bu natija Nodirbekning chempionlik imkoniyatlarini pasaytirgan boʻlsa-da, uning umidi hali soʻnmagan. Nazariy jihatdan hali imkoniyat saqlanib qolgan, ammo amalda buni uddalashi boshqa shaxmatchilarga bogʻliq boʻlib qoladi.

Peshqadamlikni qoʻlga kiritgan Ortiq Nigʻmatov (IM, 2447) 7-turda qora donalarda hindistonlik grossmeyster Nihal Sarin (2676)ga magʻlub boʻldi va 5-oʻringa tushib ketdi. Nihal Sarin esa ushbu gʻalaba tufayli hisobidagi ochkolarni 6 taga yetkazib, 2-oʻringa koʻtarildi. Qizgʻin kurashdan keyin har ikki shaxmatchining keyingi turdagi oʻyinlari muxlislar eʼtiborida boʻladi.

Bu turda ham oʻzbek shaxmatchilari oʻrtasidagi derbi koʻtarinki tarzda oʻtdi. Shamsiddin Vohidov (2681) Nodirbek Yakubboyev (2668)ga qarshi bahsda murosasiz gʻalabaga erishib, turnirdagi maqomini yaxshiladi. Bu ularning shaxsiy hisobdagi 32-uchrashuvi boʻldi. Shamsiddin yutqaziq vaziyatni gʻalabaga aylantira oldi. Bu gʻalabaning ahamiyati u uchun juda muhim edi. Bu orqali Shamsiddin amalda terma jamoamizning 3 shaxmatchisi ekanligini isbotladi.



Javohir Sindarov (2682) esa 7-turda hindistonlik Sankalp Gupta (2539)ni magʻlub etib, 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Musobaqada ikkinchi raqamli shaxmatchi Parham Maqsudlu (Eron, 2712) hind shaxmatchisi Nilash Saha (2458) bilan durang oʻynab, 5 ochko bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. Nilash Saha esa 5,5 ochko bilan 4-oʻrinda.



Bugun, 8-turda ham qizgʻin bahslar kutilmoqda. Asosiy uchrashuvlarda Nodirbek Abdusattorov (GM, 2777) Xitoy shaxmatchisi Syuy Mingxui (IM, 2405) bilan roʻbaroʻ kelsa, peshqadam Javohir Sindarov (GM, 2682) Nihal Sarin (GM, 2676)ga qarshi kurashadi. Ortiq Nigʻmatov esa Sankalp Gupta bilan gʻalaba uchun kuch sinashadi. Kutilgan ushbu oʻyinlar musobaqaning keyingi natijalariga katta taʼsir koʻrsatishi aniq.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Dec 16:41
 
7
0
xs.uz

Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari-2025 mezbonligi Toshkentdan olib qoʻyildi

Osiyo olimpiya kengashi Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi III Osiyo oʻyinlari bekor qilinganini eʼlon qildi. Bu haqda Osiyo oʻyinlar Instagram kanalida xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, tadbir 2025-yilda Bahraynda oʻtkaziladi. Ijroiya kengashi oʻz qaroriga izoh bermagan. Bu qaror 2024-yil 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan ijroiya qoʻmita yigʻilishida qabul qilingan.Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari mintaqa yoshlari oʻrtasidag

02 Dec 16:41
 
12
0
xs.uz

ShJCh: Ding Liren ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Ilk ramziy yurishni amalga oshirish uchun maxsus mehmon, 'Google DeepMind' asoschisi va Nobel mukofoti sovrindori Demis Xassabis taklif qilindi. Ding oʻyin davomida har bir harakatda koʻp vaqt sarflagan boʻlsada, oʻyinni yutish uchun muhim strategiyalarni toʻgʻri tanladi. Gukeshning 30-yurishdagi xato harakati raqibiga oʻyinni tugatish uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramasdan, Gukeshning hujum strategiyasi shaxmatchilar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.Bu oʻyin 2010-yildan beri

02 Dec 16:41
 
13
0
xs.uz

ShJCh: Ding Liren ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Ilk ramziy yurishni amalga oshirish uchun maxsus mehmon, 'Google DeepMind' asoschisi va Nobel mukofoti sovrindori Demis Xassabis taklif qilindi. Ding oʻyin davomida har bir harakatda koʻp vaqt sarflagan boʻlsada, oʻyinni yutish uchun muhim strategiyalarni toʻgʻri tanladi. Gukeshning 30-yurishdagi xato harakati raqibiga oʻyinni tugatish uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramasdan, Gukeshning hujum strategiyasi shaxmatchilar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.Bu oʻyin 2010-yildan beri

27 Jan 00:54
 
18
0
xs.uz

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?

'Manchester Siti' klubining rasmiy doʻkonida Abduqodir Husanovning ismi tushirilgan, 45-raqamli futbolkalar sotuvga chiqarildi. Turli dizayn va materiallardagi ushbu futbolkalar jamoa muxlislari uchun maxsus taqdim etilmoqda. Husanovning jamoaga qoʻshilishi muxlislarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlib, uning liboslari muxlislar uchun qadrli sovgʻa boʻlishi shubhasiz.Husanov ismi tushirilgan oddiy uy va mehmon liboslari 115 AQSH dollaridan 132 AQSH dollarigacha sotilmoqda. Shuningdek, 'Manch