calendar 27 Jan 00:54
eye 401
comments 0
comments Manba: xs.uz

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?

image
'Manchester Siti' klubining rasmiy doʻkonida Abduqodir Husanovning ismi tushirilgan, 45-raqamli futbolkalar sotuvga chiqarildi. Turli dizayn va materiallardagi ushbu futbolkalar jamoa muxlislari uchun maxsus taqdim etilmoqda. Husanovning jamoaga qoʻshilishi muxlislarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlib, uning liboslari muxlislar uchun qadrli sovgʻa boʻlishi shubhasiz.

Husanov ismi tushirilgan oddiy uy va mehmon liboslari 115 AQSH dollaridan 132 AQSH dollarigacha sotilmoqda. Shuningdek, 'Manchester Siti'ning uchinchi libosi 95-120 AQSH dollari oraligʻida narxlangan. Musobaqalar yoki kundalik foydalanish uchun moʻljallangan bu liboslar yuqori sifatli materiallardan tayyorlangani bilan ajralib turadi.'Qayd etish kerakki, agarda Husanovning formasiga maxsus sovgʻa ham qoʻshib olishni istagan muxlis 177 AQSH dollarining bahridan oʻtishiga toʻgʻri keladi.

Muxlislar uchun sovuq mavsumda kiyish uchun uzun yengli futbolkalar ham taqdim etilgan. Husanovning ismi tushirilgan ushbu liboslar 105-140 AQSH dollari narxida sotuvga qoʻyilgan boʻlib, qish mavsumi uchun ajoyib tanlov boʻlishi mumkin.

Bolalar va ayollar uchun moslashtirilgan liboslar ham doʻkonda mavjud. Bolalar futbolkalari 75 AQSH dollaridan boshlanlansa, ayollar uchun esa narx 95 AQSH dollaridan yuqori boʻladi. Bu maxsus kolleksiya barcha muxlislarga Husanovga boʻlgan hurmat va muhabbatni namoyon qilish imkonini beradi.



Husanov ismi va raqami tushirilgan futbolkalarni personalizatsiya qilib xarid qilish mumkin. Maxsus buyurtma orqali muxlislar oʻzlari uchun eksklyuziv futbolka tayyorlatish imkoniga ham egalar. Bu, ayniqsa, jamoa aʼzosi bilan bogʻliq tuygʻularni yanada yaqin his qilishga imkon beradi.

'Manchester Siti' doʻkonida jamoaning boshqa yulduzlari, jumladan Erling Holand (160-177 AQSH dollari), Kevin De Bryoyne (113-132 AQSH dollari) va Fil Foden (115-135 AQSH dollari) futbolkalari xaridorgir hisoblanadi.

Husanovning futbolkasini sotib olish uchun 'Manchester Siti'ning rasmiy veb-saytiga kirib, 'Shop' boʻlimiga oʻtish kerak. U yerda futbolkani tanlab, onlayn toʻlovni amalga oshirish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kecha Abduqodir Husanovning 'Manchester Siti'ga qoʻshilgani rasman eʼlon qilindi. U Angliya Premyer-ligasida oʻynaydigan ilk oʻzbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Uning jamoadagi faoliyati muxlislarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Abduqodir Husanovning 'Man Siti'ga oʻtishigacha boʻlgan yoʻli va imkoniyatlari haqida 'Xalq soʻzi'ning 'Tilim 'Man Siti' deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi' nomli tahliliy maqolasida oʻqishingiz mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
133
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

13 May 14:39
 
131
0
xs.uz

Filippinlik sobiq senator WBC yarim-yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi

Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao 19-iyul kuni Las-Vegasda Mario Barriosga qarshi jang oʻtkazadi. ESPN xabariga koʻra, bu bahsda WBC yarimengil vazn toifasi chempionlik kamari oʻynaladi. Bu Pakyaoning deyarli toʻrt yillik tanaffusdan keyingi ilk professional jangidir.VBK prezidenti Maurisio Sulayman 2-may kuni ayni rejani tasdiqlab: 'Bu katta jang boʻladi, hozirda Mario Barrios Menni Pakyaoga qarshi maydonga chiqadi', deya bayonot bergan edi.46 yoshli Pakyao soʻnggi marta 2019-yil

04 Jun 02:45
 
143
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
36
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri