calendar 13 May 14:39
eye 139
comments 0
comments Manba: xs.uz

Filippinlik sobiq senator WBC yarim-yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi

image
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao 19-iyul kuni Las-Vegasda Mario Barriosga qarshi jang oʻtkazadi. ESPN xabariga koʻra, bu bahsda WBC yarimengil vazn toifasi chempionlik kamari oʻynaladi. Bu Pakyaoning deyarli toʻrt yillik tanaffusdan keyingi ilk professional jangidir.

VBK prezidenti Maurisio Sulayman 2-may kuni ayni rejani tasdiqlab: 'Bu katta jang boʻladi, hozirda Mario Barrios Menni Pakyaoga qarshi maydonga chiqadi', deya bayonot bergan edi.

46 yoshli Pakyao soʻnggi marta 2019-yil iyul oyida Ket Turmanga qarshi jang qilib, WBA chempionligini yutgandi. Biroq keyinchalik faol boʻlmagani sababli mazkur kamar undan tortib olingan. 2021-yilda u Yordenis Ugasga qarshi ringga qaytgan, ammo bir ovozdan qaror bilan magʻlubiyatga uchrab, oradan bir oy oʻtib, ijtimoiy tarmoqlar orqali boksdan ketishini eʼlon qilgan edi.

Faoliyatini yakunlagach, Pakyao koʻrgazmali janglarda ishtirok etdi ' koreyalik jangchi DK Yoo hamda yapon kikbokschisi Rukiya Anpoga qarshi ringga chiqdi. U siyosatga ham kirib kelib, 2016'2022-yillarda Filippin senatori sifatida faoliyat yuritdi. 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida esa uchinchi oʻrinni egalladi. Ayni vaqtda u Senat saylovlarida yana ishtirok etmoqda ' saylov 12-may kuni boʻlib oʻtadi.

Raqibi Mario Barrios esa 2023-yildan beri WBC kamarining sohibi. Uning rekordida 29 gʻalaba, 2 magʻlubiyat va 1 durang bor. Soʻnggi bor u 2023-yil noyabrda Abel Ramos bilan durang oʻynagan edi. Qizigʻi shundaki, Barrios vaqtinchalik WBC kamarini aynan Pakyaoni nafaqaga chiqargan Ugasni yengib qoʻlga kiritgan.

Menni Pakyao boks tarixida 8 ta vazn toifasida asosiy chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan yagona bokschi sanaladi. U umumiy hisobda 12 marotaba jahon chempioni boʻlgan va 62 ta gʻalaba, 8 magʻlubiyat hamda 2 durang bilan nafaqaga chiqqan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekiston, futbol boʻyicha jahon chempionatiga xush kelibsiz!

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbol boʻyicha 2026-yil AQSH, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, toʻrt yillikning nufuzli musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.Futbolchilarimizning bu yutuqlari nufuzli xorij nashrlari, ekspertlar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tarixiy natija sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki har toʻrt yilda Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

13 Jun 00:40
 
163
0
xs.uz

Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi

Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC

17 May 21:48
 
606
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi