Bu oʻyin 2010-yildan beri jahon chempionatidagi ilk ochilish partiyasida gʻalaba qayd etilgan holat boʻldi. Ding oʻyindan keyingi matbuot anjumanida oʻzining omadi chopganini taʼkidlagan boʻlsa, Gukesh asabiylashgani tufayli ayrim xatolarga yoʻl qoʻyganini tan oldi. Har ikki oʻyinchi keyingi partiyalarda oʻz harakatlarini yaxshilashga intilishini bildirdi.
Gukesh Dommaraju oʻz oʻyini haqida shunday dedi: 'Men juda asabiy edim, lekin oʻyin boshlangandan soʻng tinchlandim. Men Dingni debyutda ajablantirdim, yaxshi shaxmat oʻynadim, ammo keyin xatolar qila boshladim. Men oʻyinda raqibimning eng yaxshi versiyasini koʻrishni kutgandim. Men taktik xatoga yoʻl qoʻydim, bu esa sodir boʻlib turadi. Oldinda yana koʻp oʻyinlar bor va endi match yanada qiziqarli boʻladi'.
'Men bu matchdagi birinchi oʻyin birinchi oʻyin boʻlgani uchun Gukesh qattiq hayajonlanadi deb oʻyladim, shuning uchun uzoq vaqtdan beri oʻynamagan biror noodatiy narsani sinab koʻrishga qaror qildim va bu mukammal ishladi! Matchda yetakchilik qilish men uchun butunlay yangi tajriba. Ertaga menda oq figuralar boʻladi va hali tayyorgarlik koʻrmaganim uchun, keyingi oʻyinda qanday yondashuvni tanlashimni bilmayman', degan Xitoy vakili.
Chempionatda har ikki oʻyinchi 14 ta oʻyinda ishtirok etishi kerak. Gʻolib sifatida eng birinchi 7,5 ochko yigʻgan shaxmatchi eʼlon qilinadi. Agar natija teng boʻlsa, taybreyk oʻyinlari oʻtkaziladi. Navbatdagi oʻyin bugun Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanadi.
ShJCh: Ding Liren ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Ilk ramziy yurishni amalga oshirish uchun maxsus mehmon, 'Google DeepMind' asoschisi va Nobel mukofoti sovrindori Demis Xassabis taklif qilindi. Ding oʻyin davomida har bir harakatda koʻp vaqt sarflagan boʻlsada, oʻyinni yutish uchun muhim strategiyalarni toʻgʻri tanladi. Gukeshning 30-yurishdagi xato harakati raqibiga oʻyinni tugatish uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramasdan, Gukeshning hujum strategiyasi shaxmatchilar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.Bu oʻyin 2010-yildan beri
ShJCh: Ding Liren ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Ilk ramziy yurishni amalga oshirish uchun maxsus mehmon, 'Google DeepMind' asoschisi va Nobel mukofoti sovrindori Demis Xassabis taklif qilindi. Ding oʻyin davomida har bir harakatda koʻp vaqt sarflagan boʻlsada, oʻyinni yutish uchun muhim strategiyalarni toʻgʻri tanladi. Gukeshning 30-yurishdagi xato harakati raqibiga oʻyinni tugatish uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramasdan, Gukeshning hujum strategiyasi shaxmatchilar va ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.Bu oʻyin 2010-yildan beri
Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess 2025”da yetakchilikni yoʻqotdi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha anʼanaviy 'Tata Steel Chess 2025' turniri qizgʻin davom etmoqda. Musobaqaning 7-tur bellashuvlari muxlislarga shiddatli oʻyinlarni taqdim etdi.'Masters' guruhida peshqadamlik qilayotgan oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Niderlandiya shaxmatining yetakchi vakili Anish Giri bilan durang oʻynadi.Bu natija Abdusattorovning umumiy hisobda ochko yoʻqotishiga olib keldi. Hindistonlik yosh isteʼdodli shaxmatch
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining rahbarligiga saylov oʻtkazildi. Bu haqda TASS xabar berdi.Qayd etilishicha, Usmonovga 120 kishi ovoz berdi. Uning raqibi, Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg esa atigi 26 ta ovoz oldi.Eslatib oʻtamiz, Usmonov tashkilotni 2008-yildan 2022-yilgacha boshqargan. 2022-yil mart oyida u ixtiyoriy ravishda FIE prezidenti sifatidagi vakolatlarini toʻxtatib turishga qaror qildi.