Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess 2025”da yetakchilikni yoʻqotdi

'Masters' guruhida peshqadamlik qilayotgan oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Niderlandiya shaxmatining yetakchi vakili Anish Giri bilan durang oʻynadi.
Bu natija Abdusattorovning umumiy hisobda ochko yoʻqotishiga olib keldi. Hindistonlik yosh isteʼdodli shaxmatchi Gukesh Dommaradju bu imkoniyatdan unumli foydalanib, oq donalarda Pentala Harikrishnani magʻlubiyatga uchratdi va 5 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlikni qoʻlga kiritdi.
Abdusattorov va Rameshbabu Pragnanandha 5 tadan ochko toʻplab, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni band etgan. Ushbu uch shaxmatchi musobaqaning 7 turidan soʻng hali magʻlubiyatga uchramadi. Shuningdek, xitoylik Vey Yi 7 partiyaning barchasida durang qayd etib, musobaqaning eng barqaror shaxmatchilaridan biriga aylandi.
'Chellenjer' guruhida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Yakubboyev bu turda turkiyalik 16 yashar iqtidorli shaxmatchi Ediz Gurelga magʻlub boʻldi. Bu Yakubboyev uchun musobaqadagi uchinchi magʻlubiyat boʻldi.
Hozirgacha 3 ochko toʻplagan shaxmatchimiz umumiy jadvalda 10-pogʻonada qayd etilmoqda. Mazkur guruhda chexiyalik Van Nguyen va mezbon shaxmatchi Ervin Lami 5 tadan ochko jamgʻarib, yetakchilik qilmoqda.
Bugun 8-tur oʻyinlari davom etadi. Nodirbek Abdusattorov hozir juda ajoyib oʻyin koʻrsatayotgan Vladimir Fedoseyevga qarshi dona suradi. Yakubboyev esa ruminiyalik Irina Bulmaga qarshi oʻynaydi.
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k
«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?
Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter