calendar 10 Oct 15:15
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Choʻngʻarada bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Rishton tumanining eksklav hududidagi 'Choʻngʻara' mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida navbatdagi bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Choʻngʻaraliklar Rishton tumani tibbiyot birlashmasining kardiolog, nevropatolog, urolog, rulmonolog, akusher-ginekolog kabi shifokorlari koʻrigidan oʻtdi. Shu kuni tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Bunyodbek Hojirahmatov ishtirokida sayyor qabul ham uyushtirilib, kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha yuzma-yuz muloqot oʻtkazildi.



' Bugun 30 nafardan ziyod yosh kelinchaklar, oʻsmir qizlar ham tibbiy koʻrikdan oʻtib, mutaxassislardan kerakli maslahatlar olishdi, ' deydi 'Choʻngʻara' MFY yoshlar yetakchisi Navroʻzbek Boʻribekov. ' Oʻz navbatida nuroniylar, oila bekalari ham sogʻligʻini nazoratdan oʻtkazib, ehtiyojga qarab amaliy maslahatlar hamda tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar olishdi.

Umuman olganda, tibbiy koʻrikda mahalla aholisining 100 nafardan ortigʻiga salomatligini yaxshilash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi.

Aytish joiz, bugungi kunda ushbu mahalladagi 426 ta oilada 1667 nafar hamyurtlarimiz istiqomat qiladi.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
67
0
xs.uz

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi

'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy

13 May 14:37
 
59
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

01 Jun 03:47
 
129
0
xs.uz

Yangi O‘zbekiston — baxtiyor bolalar mamlakati

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratilib, ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun ' Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo'lgan Yangi O'zbekistonda o'zgacha ruh va ko'tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo'shib kelmoqda.Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respubl

13 May 14:37
 
52
0
xs.uz

Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl