calendar 09 Oct 12:36
eye 16
comments 0
comments Manba: postda.uz

Soha fidoyisi

image

Yo‘llarda harakat xavfsizligini bekamu ko‘st ta’minlash maqsadida hushyorlikni yo‘qotmasdan, sergak holatda faoliyat olib borayotgan shijoatli va jonkuyar posbonlardan biri Oqqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor Hayotbek Nabiyevdir. Tizimdagi o‘n besh yillik faoliyatining so‘nggi besh yilini mazkur sohada o‘tkazib kelayotgan lavhamiz qahramoni ustozlari­ga hurmat ko‘rsatib, shogirdlarini tarbiyalashdan charchamaydi.  

O‘z kasbiga mehri baland bo‘lgan Hayotbek haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rio­ya etishini ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1600 ga yaqin qoi­dabuzarliklarni aniqladi. Shu bilan birga, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan qochib yurgan 2 nafar qidiruvdagi shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Toshkent viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
23
0
xs.uz

Xitoy, Keniya va Eron… Bu mamlakatlar Oʻzbekistonga nimaning importida kuchli uchlikni tashkil etadi?

Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgan.'Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 28,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 19,9 ming tonna choy import qilgan.Oʻzbekiston 7 oyda eng koʻp choy import qilgan davlat sifatida Xitoy koʻrsatilgan boʻlib, Oʻzbekistonga bu davlatdan 16,5 ming tonna choy mahsuloti kirib kelgan.Ikkinchi oʻrinda A

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

09 Oct 12:36
 
15
0
postda.uz

“Olmazor”da yangi o‘yingoh

Chiroqchi tumani 3-sektoriga qarashli “Olmazor” mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Saydulla Qurbonov tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 105-sonli umumta'lim maktabi hududida sun'iy qoplamali kichik futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirdi. Mini futbol maydonidan kunning birinchi yarmida maktab o‘quvchilari foydalansa, sport inshooti tushdan keyin mahalla yoshlariga xizmat qiladi. O‘z muxbirimiz.Qashqadaryo viloyati.

09 Oct 16:59
 
15
0
xs.uz

Mamlakatimiz GES qurilishida ilk bor zichlangan beton mahsulotidan foydalanilmoqda

Ta'kidlash joizki, mazkur istiqbolli loyihada O'zbekistonda ilk bor jahon standartlari asosida to'g'on va GES binosi yaxlit inshoot sifatida qurilib, 4 ta har biri 22,5 MVt quvvatga ega zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar o'rnatiladi hamda avtomatik boshqaruv tizimi joriy qilinadi.E'tiborli jihati, qurilish ishlari doirasida respublikamiz va Markaziy Osiyoda ilk bor yangi zamonaviy texnologiyalar asosida birinchi marta to'g'on konstruksiyasi bosib zichlangan (ukatanniy) betonli tipda qur