calendar 09 Oct 16:59
eye 34
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mamlakatimiz GES qurilishida ilk bor zichlangan beton mahsulotidan foydalanilmoqda

image
Ta'kidlash joizki, mazkur istiqbolli loyihada O'zbekistonda ilk bor jahon standartlari asosida to'g'on va GES binosi yaxlit inshoot sifatida qurilib, 4 ta har biri 22,5 MVt quvvatga ega zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar o'rnatiladi hamda avtomatik boshqaruv tizimi joriy qilinadi.

E'tiborli jihati, qurilish ishlari doirasida respublikamiz va Markaziy Osiyoda ilk bor yangi zamonaviy texnologiyalar asosida birinchi marta to'g'on konstruksiyasi bosib zichlangan (ukatanniy) betonli tipda quriladi. Beton to'g'on balandligi 60 metr, uzunligi 270 metr, to'g'on usti eni 7,5 metrni tashkil etadi. Suv ombori hajmi 6,8 mln. m3 ga teng.



To'g'on qurilishida RCC (Roller-compacted concrete ' bosib zichlangan beton) dan foydalaniladi, ya'ni to'g'onning asosiy qismi (195 ming m3) bosib zichlangan betondan iborat bo'ladi. Bosib zichlangan betondan foydalanishdagi afzalliklar ' betonni tashkil etuvchilari ajralib qolishi hamda suv o'tkazuvchanlikni minimallashtirish maqsadida kichik qatlam-qatlam qilib beton yotqizish, yotqizilgan qatlam ustida mashina-mexanizmlarning darhol harakatlana olishi, uni tekislashi, zichlashi va bu bilan beton mustahkamligini oshirishdir.

Qurilish metodi gruntli to'g'onni barpo etishdagi sodda usullariga o'xshash bo'lib, issiq kunda sement va inert materiallar harorati tushirilgan holda beton mahsuloti tayyorlanishi hamda bosib zichlangan beton tarkibida sement miqdori sezilarli kamligi sabab beton yotqizilganda uning harorati mo'tadil bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, betonning qizib, deformatsiyaga uchramasligini ta'minlaydi.



To'g'on qurilishida sifat nazorati laboratoriya sinovlari bilan amalga oshirib kelinmoqda. Qurilish laboratoriyasi jahonning ilg'or kompaniyalaridan bo'lgan MATEST (Italiya) tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan. Loyihaning xususiyatlari, geologik joylashuvi va gruntlarning tarkibidan kelib chiqib bosib zichlangan beton uchun eng maqbul beton qorishmasini tayyorlash retsepti mazkur laboratoriyada bir necha bosqichda aniqlab olingan.

Beton to'g'onning ya'ni bir e'tiborli jihati ' to'g'on ichida yuvish galereyasining mavjudligidir. Chotqol daryosi bo'ylab o'rtacha yillik 1 mln. m3 cho'kindilar oqib kelishini inobatga olsak, Chotqol suv ombori o'zining foydali hajmini saqlab turishi uchun mazkur cho'kindilarni yuvish galereyasi orqali chiqarib tashlaydi.

To'g'on qurilish davrida qariyb 300 ming m3 beton mahsulotidan foydalanishni inobatga olib, inert materiallar, ya'ni qum va chaqiq toshlar qurilish maydonida o'rnatilgan quvvati 500 tn/soat bo'lgan gruntlarni maydalovchi-saralovchi shag'al (graviy) zavodida ishlab chiqariladi.



Zichlangan beton to'g'oni qurilishida ishlatiladigan bosib zichlangan betonni tayyorlashda qo'shma kotlovandan olib chiqilgan gruntlardan foydalaniladi. Ya'ni, olib chiqilgan gruntlar qurilish maydonida o'rnatilgan quvvati 500 tonna/soat bo'lgan bo'lgan inert materiallarni ishlab chiqaruvchi-saralovchi zavoddan turli fraksiyalardagi qum va chaqiq tosh ko'rinishida ishlab chiqariladi. Mazkur inert materiallar bosib zichlangan betonning asosiy tarkibini tashkil etadi.

Shag'al (graviy) zavodida ishlab chiqarilgan inert materiallar o'ng qirg'oqda o'rnatilgan quvvati 240 m3/soat bo'lgan beton zavodiga beton qorishmasini tayyorlash uchun yetkaziladi.

GES obyektlari qurilishida, xususan, sementatsiya ishlarini amalga oshirishda GERTEK (Germaniya) kompaniyasining ilg'or uskunasidan foydalanilmoqda. Ushbu texnologiya avtomatik tarzda sementatsiya uchun maxsus qorishmani (rastvor) tayyorlaydi hamda uni skvajinalarga yuboradi. E'tiborli jihati, mazkur uskunani masofadan, dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarish va ish faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Filtratsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida to'g'on va uning o'qi bo'ylab sementatsiya pardasi ishlari bajariladi.



Gidrotexnik inshootning o'rnatilgan quvvati 90 MVt bo'lib, yillik o'rtacha elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 300 mln. kVt.soatga teng. Qayd etilgan ko'rsatkich, ya'ni GES quvvati kelajakda o'rtacha 125 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

'Xalq so'zi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,76'soʻmga oshdi va'12 817,85'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'24,61'soʻmga tushib,'13'865,07'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,15'soʻmga pastlab,'132,95'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
36
0
postda.uz

TAJRIBADA ILK BOR

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi. Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Xususan, siy

18 Nov 04:58
 
7
0
xs.uz

Eng koʻp soliq bazasi yashirilgan soha qaysiligi maʼlum boʻldi

Soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori deb baholangan 1518 ta tadbirkorlik subyektiga soliq auditi oʻtkazildi. Bu esa umumiy soliq toʻlovchilarning atigi 0,27 foizini tashkil etdi. Ushbu auditlarning oʻziyoq bizneslarda soliqlarni toʻlamaslikka moyillik mavjudligini koʻrsatdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻtkazilgan soliq auditlari natijasida muhim moliyaviy tafovutlar aniqlangan. Audit jarayonida aniqlangan jami soliq xavfi

11 Nov 03:18
 
16
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,14'soʻmga tushdi va'12 774,98'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'21,60'soʻmga pastlab,'13'914,51'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,11'soʻmga oshib,'130,14'soʻmni tashkil qildi.