Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.
Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Xususan, siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga jami 875 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlariga 3625 nafar, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga 24850 nafar nomzod, ya’ni barcha saylov okruglarida nomzodlar to‘liq ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi.
Parlament quyi palatasi – Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar orasida ayollar soni 391 nafarni yoki 44,7 foizni tashkil etdi. Bu saylov tariximizdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) kengashlariga ham har bir partiyadan nomzodlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, deputatlik mandati uchun 28475 nafar nomzod kurash olib boradi.
Diqqatga molik yana bir jihat shuki, nomzodlarni ko‘rsatishda siyosiy partiyalar inklyuzivlikka ham alohida e’tibor qaratgan. Jumladan, Qonunchilik palatasi saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida jami 11 nafar va mahalliy kengashlar saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar orasida 605 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud. Bunday yuqori darajadagi inklyuzivlik birinchi marotaba kuzatilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati materiallari asosida tayyorlandi.
SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA
Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota
Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,90'soʻmga tushdi va'12 790,12'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'42,00'soʻmga oshib,'13'936,11'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,59'soʻmga pastlab,'130,03'soʻmni tashkil qildi.
Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC
Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,90 soʻmga tushdi va 12 800,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 145,35 soʻmga tushib, 13 467,02 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,13soʻmga pastlab, 129,02 soʻmni tashkil qildi.