Eng koʻp soliq bazasi yashirilgan soha qaysiligi maʼlum boʻldi
Soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori deb baholangan 1518 ta tadbirkorlik subyektiga soliq auditi oʻtkazildi. Bu esa umumiy soliq toʻlovchilarning atigi 0,27 foizini tashkil etdi. Ushbu auditlarning oʻziyoq bizneslarda soliqlarni toʻlamaslikka moyillik mavjudligini koʻrsatdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻtkazilgan soliq auditlari natijasida muhim moliyaviy tafovutlar aniqlangan. Audit jarayonida aniqlangan jami soliq xavfi summasi 3 trillion 834,8 milliard soʻmga yetgan boʻlsa, umumiy aniqlangan miqdor 4 trillion 841,4 milliard soʻmni tashkil etdi.
Bu raqamlar davlat byudjetiga soliq orqali katta miqdordagi tushumlar yetishmayotganini anglatadi. Ayni paytda, soliq toʻlovlarini nazorat qilish tizimining kuchaytirilishi tadbirkorlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan.
Eng koʻp soliq bazasi yashirilgan soha ' savdo va umumiy ovqatlanish boʻlib, bu sohada 3 trillion 424,7 milliard soʻm yashirilgani aniqlandi. Keyingi oʻrinlarda qurilish sohasida 460,9 milliard soʻm, xizmat koʻrsatish sohasida esa 404,9 milliard soʻm bilan egallagan. Qishloq xoʻjaligi, transport va ishlab chiqarish sohalarida ham soliqdan qochish koʻrinishlari mavjud.
553 ta soliq toʻlovchi korxonada jami 8 trillion 360,3 milliard soʻmlik soliq bazasi yashirilgani fosh boʻlgan. Shundan 266 ta subyektda 2 trillion 512,5 milliard soʻmlik tovar summasi koʻrsatilmagan, bu esa byudjet uchun sezilarli zarar keltirgan. 115 ta subyektda esa kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va realizatsiya qilinganligi aniqlangan.
Bu auditlar davlatga katta miqdordagi tushumlarni keltirgan boʻlsa-da, baʼzi soliq toʻlovchilarning moliyaviy majburiyatlariga beeʼtiborligi davom etmoqda. Bugungi kunga kelib, aniqlangan 3 trillion 150,3 milliard soʻmdan faqatgina 1 trillion 125,6 milliard soʻmi toʻlab berilgan, bu esa 35,7 foizni tashkil qiladi. Bu holat tadbirkorlar va davlat oʻrtasida moliyaviy masʼuliyatning yetarli darajada oʻzaro muvofiqlashmaganini koʻrsatadi.
Dollar kursi koʻtarilib, rekord chizigʻini bosib oʻtdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,05'soʻmga oshdi va'12 827,90'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'32,75'soʻmga tushib,'13'832,32'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,10'soʻmga pastlab,'132,85'soʻmni tashkil qildi.
Ogohlik
Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish usullari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Alijon ABDUSATTOROV,“Postda” muxbiri.
Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan orti
Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 7,90 soʻmga tushdi va 12 800,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 145,35 soʻmga tushib, 13 467,02 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,13soʻmga pastlab, 129,02 soʻmni tashkil qildi.