calendar 29 Oct 20:49
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.

Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.







Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar qishloq xoʻjaligi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo sanoati, charm-poyabzal va toʻqimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati kabi yoʻnalishlarda oʻzlari ishlab chiqarayotgan 500 turdagi sanoat mahsuloti bilan ishtirok etmoqda.

Afgʻonistonlik ishbilarmon doira vakillari yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, erkin savdo zonasi hududidagi 'Hilton' mehmonxonasi, 'AKFA MEDLINE' klinikasi, logistika terminali va boshqa tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishyapti.

Yarmarka doirasida qoʻshni mamlakat vakillari bilan ikki tomonlama oʻzaro almashinuv kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan. Shuningdek, kooperatsiya asosida qiymati 250 milliard soʻmlik hamkorlik shartnomalarini imzolashi ham kutilmoqda.








Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
36
0
postda.uz

O‘quv seminari

Viloyat ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari hamda Jizzax shahridagi mahallalar xotin-qizlar faollarining gender tengligini ta'minlashga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan ikki kunlik o‘quv seminari uyushtirildi. Mazkur jarayonda ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish, jabrlanganlarga psixologik yordam ko‘rsatish, himoya orderiga oid tartiblar, zo‘ravonlik va oilaviy nizoga huquqiy baho berish masalalariga e'tibor qaratildi. Ikki

11 Nov 03:18
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,90'soʻmga tushdi va'12 790,12'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'42,00'soʻmga oshib,'13'936,11'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,59'soʻmga pastlab,'130,03'soʻmni tashkil qildi.

11 Nov 03:18
 
11
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,14'soʻmga tushdi va'12 774,98'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'21,60'soʻmga pastlab,'13'914,51'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,11'soʻmga oshib,'130,14'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
33
0
xs.uz

Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr