calendar 29 Oct 20:49
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bu yil qalampir eksporti barakali boʻladi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Respublikamizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit oʻz samarasini bermoqda. Jumladan, Xitoyning 'Xinjiang Tian jiao Hong an Agricultural' qoʻshma korxonasi tomonidan ekilgan qalampir mahsulotini yigʻib olish mavsumi boshlandi. Buning uchun erta bahordan 400 nafar ishchilar samarali mehnat qilmoqda.



' Andijon viloyatining Jalaquduq va Oltinkoʻl tumanlaridagi 600 gektardan iborat maydonda 29 mln. dollarlik loyiha asosida 4 xil navdan iborat qalampir hosilini yetishtirdik, ' deydi ish yurituvchi Dong Xun Vey. ' Samarali mehnatimiz evaziga gektaridan 20 tonnagacha xirmon koʻtardik. Qalampirni quritib olgunimizcha qurilishi davom etayotgan korxonamiz foydalanishga topshiriladi. Kelgusi yildan dala maydonimiz 2 ming gektarga kengayadi.

Korxona qalampir mahsulotini ekib, hosilni qayta ishlash orqali oziq-ovqat va sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Tayyor mahsulotning barchasi Yevropa davlatlariga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.




Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.Ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Joriy yilning mart oyida Toshkentda islom dunyosining yetakchi moliya institutlari ishtirokida bank rahbarligi

09 Oct 12:40
 
40
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

29 Oct 20:49
 
17
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,72'soʻmga tushdi va'12 808,39'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,25'soʻmga oshib,'13'862,52'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,23'soʻmga pastlab,'132,63'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
46
0
xs.uz

Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC