calendar 09 Oct 12:40
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.

Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji asosida ish olib borib, moʻmay daromad olishni koʻzlaydi. Mehnati, intilishi ham shunga yarasha.

Bu yil pishiqchilik mavsumida bozorlarimiz toʻkin-sochin. Meva-sabzavotning arzonligi xaridorga maza, lekin ushbu neʼmatlarni yetishtiruvchi kasod boʻlmasligi haqida ham oʻylash kerak. Fargʻona viloyatida bu borada amaliy saʼy-harakatlarga kirishilgan.

Aynan, joriy yilning oʻzida viloyatda 450 ta hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Birgina meva-sabzavotni qayta ishlash yoʻnalishida 34 ta loyiha boʻyicha 132,6 ming tonna tonna mahsulot qayta ishlanishi koʻzda tutilgan.



Ammo bu hali bobodehqon xotirjam mahsulot yetishtirishi uchun yetarli boʻlmayapti. Misol uchun, oʻtgan yili Quva tumanida 1 kg anor oʻrtacha 15 ming soʻmdan sotilgan boʻlsa, bu yil 8-10 ming soʻmdan sotilmoqda. Narx va xarajatlar mutanosib kelmayotgani uchun baʼzi dehqonlar oʻz mahsulotini yana qoʻshimcha xarajat qilib, qish-bahor mavsumi uchun muzlatgichli omborxonaga qoʻyishga majbur. Shunda ham qish yoki bahorda narx oshishiga hech kim kafolat bermaydi.

Quvasoylik Neʼmatillo Baratov 1 gektar 20 sotix yerda zamonaviy issiqxona tashkil etib, pomidor yetishtiradi. 12 ta doimiy yana qoʻshimcha mavsumiy ish oʻrinlari yaratgan. Bu yilning oʻzida MDH davlatlariga 80 tonna mahsulot sotish harakatida. Ammo elektr energiyasi uchun toʻlov hamda kimyoviy vositalarning qimmatligi mahsulot tannarxiga salbiy taʼsir qilayotganini afsus bilan taʼkidlaydi. Bugungi kuchli raqobat sharoitida esa bozor bunday yuqori narxni koʻtarmaydi.

Oltiariqda ham mavsumning eng qizgʻin pallasida uzumning narxi arzon boʻldi. Bugun narx biroz barqaror. Lekin aksariyat tomorqa egalari yetishtirgan mahsulotini allaqachon sotib yuborishga ulgurdi.



Boisi hozircha meva-sabzavotni qayta ishlash tarmoqlari yetarli emas. Aytaylik, bu yil viloyatda 34 ta ana shunday yangi korxona ishga tushirilishi maqsad qilingan, lekin 9 oyda 15 ta loyiha amalga oshirildi. Qolgan 19 ta loyihani hayotga tatbiq etish uchun ikki yarim oy vaqt yetarmikan?

Yana bir gap. Bu yil qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻyicha rejalashtirilgan 450 ta hududiy investitsiya loyihalarining bor-yoʻgʻi 16 tasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etilmoqda, xolos. Joriy yilning 9 oyida Furqat, Rishton, Toshloq va Bagʻdod tumani, Margʻilon, Qoʻqon va Fargʻona shahrida bu borada umuman xorijiy investitsiya jalb etilmadi.

' 2024-yilning 9 oyida agrologistika va eksportni rivojlantirish uchun 52 ta, meva-sabzavotni tashish xizmatida 51 ta yangi loyihalar amalga oshirilishiga erishildi, ' deydi Fargʻona viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi shoʻba boshligʻi Alisher Hotamov.'Shuningdek, 1 ta agrologistika xizmati tashkil etildi. 22 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari yaratildi.

Ammo talab va taklif ham kundan-kunga oʻsib borayotganini unutmaslik lozim. Viloyatda eksport shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu yerda eksportchi korxonalarga mahsulotning xorijdagi narxi, yirik ulgurji markazlari, savdo agentlari, brend kompaniyalar, logistika kompaniyalari, mahsulotni saqlash, qadoqlash, qayta ishlash yoʻnalishida yuqori malakali xorijiy texnologlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar berib boriladi.



Fargʻona viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati maʼlumotiga qaraganda, joriy yilning yanvar ' avgust oylarida 215,5 ming tonna meva-sabzavot nazoratdan oʻtkazilib, 17 mingdan ziyod xalqaro fitosanitariya sertifikatlari rasmiylashtirib berildi.

Fermer va dehqon xoʻjaliklari, tomorqa egalariga qulaylik yaratish maqsadida fitosanitariya laboratoriyalari, mobil sayyor laboratoriyalar tashkil etilgan. Bu yil viloyatda Oʻsimliklar klinikasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.

Fargʻona viloyatida joriy yilda meva-sabzavot hamda oziq-ovqat sanoati mahsulotlari eksportini 661,1 million dollarga yetkazish prognoz qilingan. Buning uchun imkoniyat va salohiyat yetarli. Hamma gap kuch va salohiyatni mushtarak maqsad yoʻlida oʻzaro umumlashtirishda qolmoqda.

Pirovardida mahsulot yetishtiruvchi zarar koʻrmasligi, unda tanlash imkoniyati boʻlishi zarur.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 8 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:' 'Cobalt' ' 102 052 dona' 'Damas' ' 59 545 dona' 'Tracker' ' 27 454 dona' 'Onix' ' 21 607 dona' 'Lacetti-Gentra' ' 12 837 dona' 'KIA' ' 12 795 dona' 'Chery' ' 5 190 dona' 'Haval' ' 1 390 dona' Maxsus yengil avtomobillar ' 17 321 dona

24 Aug 17:27
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 32,03 soʻmga oshdi va 12 677,04 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,76 soʻmga oshib, 14 122,22 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,40 soʻmga koʻtirilib, 139,06 soʻmni tashkil qildi.