Xitoy, Keniya va Eron… Bu mamlakatlar Oʻzbekistonga nimaning importida kuchli uchlikni tashkil etadi?

Maʼlum boʻlishicha, dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 28,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 19,9 ming tonna choy import qilgan.
Oʻzbekiston 7 oyda eng koʻp choy import qilgan davlat sifatida Xitoy koʻrsatilgan boʻlib, Oʻzbekistonga bu davlatdan 16,5 ming tonna choy mahsuloti kirib kelgan.
Ikkinchi oʻrinda Afrika qitʼasi vakili Keniya joy olgan boʻlib, 800 tonna choy import qilingan. Eron ham eksportyor mamlakat sifatida 700 tonna choy eksport qilgan.
Keyingi oʻrinlarda Hindiston (0,6 ming tonna) va Rossiya (0,4 ming tonna) oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, eng yirik choy eksport qiluvchi davlatlar qatoriga Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka va Keniya kiradi. Xitoy dunyodagi choyning 20% dan ortigʻini yetkazib beruvchi eng yirik eksportchi sifatida yetakchilik qiladi, Keniya esa yuqori sifatli qora choy eksporti bilan mashhur.
Import qiluvchi eng katta mamlakatlar sifatida esa Pokiston, AQSH va Rossiyani qayd etish mumkin. Yevropa Ittifoqi ham choy importida muhim rol oʻynaydi.
“Gohi shodlik, gohi gʻam”: Xorijiy valyutalar yoppasiga pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 24-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,87 soʻmga pasayib, 12 979,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 56,78 soʻmga tushib, 13 513,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,64 soʻmga pasaydi va 131,22 soʻmni tashkil qildi.Qayd etish kerakki, soʻnggi uch kunda barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbati ortib borayotgan edi.
Dollar “uchmoqda”, yevro va rubl ham koʻtarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 21-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,09 soʻmga koʻtarilib, 12 975,09 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 21,31 soʻmga oshib, 13 373,43 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,14 soʻmga koʻtarildi va 127,63 soʻmni tashkil qildi.
Yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025 ' 2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimizda soʻnggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qoʻshimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, 'yashil' energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.Ayt
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 5,78 soʻmga pasayib, 12 963,27 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 13,85 soʻmga pastlab, 13 597,17 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,55 soʻmga koʻtarildi va 132,74 soʻmni tashkil qildi.