calendar 26 Jul 10:18
eye 50
comments 0
comments Manba: postda.uz

QIMMATGA TUSHGAN TANISHUV

image

Azat (ismlar o‘zgartirildi) o‘zining o‘ttiz ikki yillik hayoti davomida ikki marotaba qilmishlari uchun jinoiy jazoga tortildi. Ammo bundan tegishli xulosa chiqarmadi, shekilli, yana jinoyatga qo‘l urdi. 

Oldingi qilmishi uchun axloq tuzatish jazosini o‘tab yurgan Azat bir kuni «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali Sarvinoz ismli qiz bilan tanishib qoldi. Dastlab shunchaki tanishuv asnosida boshlangan munosabatlar keyinchalik do‘stlikka aylandi. Azat qizning ishonchiga kirishga ulgurgan, hatto turli masalalarda unga maslahatlar berib turardi. Onlayn muloqotlarning birida esa uddaburon yigit hali uylanmaganini, huquqni muhofaza qilish idoralaridan birida ishlayot­gani tufayli bunga vaqt topa olmayotganini aytib, agar qandaydir «iltimos» va «muammolari» bo‘lsa, bemalol hal etishga yordam beri­shini qistirib o‘tdi. Uning bu so‘zlari qizga o‘zgacha ta’sir qilib, ijtimoiy tarmoqda unga yanada bog‘lanib, deyarli har kuni gaplashadigan bo‘lishdi. 

Kunlardan birida Azat Sarvinozga xohlasa oliy ta’lim muassasasiga ishga joylashtirib qo‘yishini, buning uchun 1000 AQSH dollari miqdorida pul zarurligini ta’kidlaydi. Hatto ushbu pullardan 3 million 500 ming so‘mini olishga ham erishadi. Keyinchalik, ushbu masala hal bo‘lmasdan turib, yana qizni aldashga kirishadi. Bu safar Sarvinozga jiyanini oliygohga o‘qishga kiritishga va’da berib, buning evaziga 15 mln so‘m pul talab qiladi, uning 7 millionini olishga ham ulguradi. Oradan yana ma’lum muddat o‘tgach esa, qizning 5 million so‘m pulini o‘zining bank plastik kartasiga o‘tkazib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. 

Har qanday yolg‘on kuni kelganida fosh bo‘lishi aniq. Azatning va’dalari ham vaqt o‘tgani sari yolg‘on ekani oydinlasha bordi. Shunda Sarvinoz uning xatti-harakatlari yuzasidan ichki ishlar organiga murojaat qildi...

Tergov jarayonlari va sud majlisi davomida Azatning aybi to‘liq isbotini topib, unga keltirilgan zararni to‘liq qoplash bilan birga, tegishli jazo chorasi tayinlandi. 

Azamat PIRNIYAZOV,

o‘z muxbirimiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 16:11
 
205
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'27,65'soʻmga tushdi va'12 607, 62'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'5,21'soʻmga koʻtarilib,'13 758,70'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,07'soʻmga pastlab,'144,40'soʻmni tashkil qildi.

18 Jul 21:14
 
78
0
xs.uz

Isroil elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini yakunladi

'Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasini, ilgʻor tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz', deydi Mirziyoyeva.

17 Jul 13:44
 
72
0
xs.uz

Hukumatda yangi tuzilma tashkil qilinadi

Unda qayd etilishicha, birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga oʻsdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi. Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda oʻzimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi. Shu bois mahalliylashtirish boʻyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng koʻp import boʻlayot

11 Jul 15:12
 
65
0
xs.uz

Dollar kursi oshishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,54'soʻmga oshdi va'12 618,26'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham'29,62'soʻmga koʻtarilib,'13 675,67'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,31'soʻmga pastlab,'142,90'soʻmni tashkil qildi.