Isroil qariyb bir yil oldin Gʻazoga qarshi urush boshlaganidan beri Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Livanning 'Hizbulloh' qurolli guruhi oʻrtasida deyarli har kuni chegaradan oʻt ochish holatlari kuzatilmoqda.
Seshanba kungi Netanyahu idorasi bayonotida aytilishicha, 'shimol aholisining oʻz uylariga xavfsiz qaytishi' toʻgʻrisidagi qaror Bosh vazir xavfsizlik kabinetining tungi yigʻilishida maʼqullangan.
Qaror Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant harbiy harakatlar shimoldagi aholining qaytishini taʼminlashning yagona yoʻli ekanini aytganidan bir kun oʻtib qabul qilindi. Hizbulloh rasmiylari Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga erishsa, guruh toʻxtatilishini aytgan.
Seshanba kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Misrga kelganida sulh masalasi muhokama qilinadigan asosiy mavzu boʻladi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Millerning aytishicha, Qoʻshma Shtatlar barcha garovga olinganlarni ozod qilishni taʼminlaydigan, Falastin xalqining ogʻirini yengillashtiradigan va kengroq mintaqaviy xavfsizlikni oʻrnatishga yordam beradigan yangi taklif ustida ishlamoqda.
Netanyahu AQSHning kelishuv deyarli yakunlangani haqidagi bayonotlarini ochiqchasiga rad etdi va Isroilning Misr-Gʻazo chegarasida harbiylari mavjudligini taʼkidladi.
Isroil Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, 'Hizbulloh' oʻzini HAMAS bilan bogʻlashda davom etar ekan, kelishuvga erishish imkoniyati tugab boradi. 'Hizbulloh' rahbari oʻrinbosari Naim Qosim uning guruhi urushga borish niyati yoʻqligini aytdi, biroq Isroil yanada urushda davom etsa, har ikki tomondan ham katta yoʻqotishlar boʻlishidan ogohlantirgan.
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi
NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif