calendar 20 Sep 00:21
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

image
Ostona shahriga tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari hamda Germaniyaning ilgʻor kompaniya va banklari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Germaniya ishbilarmon doiralariga 'KNAUF', 'Gunter Papenburg', 'CLAAS', 'Siemens Energy', 'Aurubis', 'Ernst Klett', 'Siemens Healthineers', 'Herrenknecht', 'DB Engineering html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Consulting', 'Svevind Energy', 'Rhenus', 'HMS Bergbau' kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari vakillik qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti ishtirokchilarni samimiy qutlar ekan, kuni kecha Samarqand shahrida Germaniya ishbilarmonlari bilan boʻlib oʻtgan samarali uchrashuvning muvaffaqiyatli natijalarini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Muzokaralar natijalari mamlakatlarimiz tadbirkorlarida oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish, Germaniya ilgʻor tajribasi va innovatsion texnologik yechimlari asosida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganini koʻrsatdi.

Davlatimiz rahbari mintaqaviy hamkorlik doirasida Germaniya bilan sheriklikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Markaziy Osiyo mintaqasi bugungi kunda barqaror iqtisodiy rivojlanish surʼatlarini namoyon etayotgan keng va jadal bozor ekani taʼkidlandi.

Bunga davlatlar oʻrtasidagi chegaralarning ochilgani, mintaqa ichidagi tovar ayirboshlash, investitsiyalar, yuk tashish hajmi, sayyohlar bordi-keldisi koʻpayishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani xizmat qildi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu nuqtayi nazardan, bugun boʻlib oʻtgan sammitda oʻzaro manfaatli muloqot uchun doimiy maydon - 'Markaziy Osiyo va Germaniya' Investorlar va tadbirkorlar kengashini taʼsis etish va uning birinchi uchrashuvini kelgusi yil bahorida Toshkent investitsiya forumi doirasida oʻtkazish tashabbusi ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya oʻrtasidagi investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 'yoʻl xaritasi'ni tayyorlashni taklif qildi. Ushbu hujjatga Germaniya kompaniyalari investitsiyalari oqimini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, ularning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari kiritilishi mumkin.

Bugungi kunda mintaqadagi hamkorlar bilan qoʻshma investitsiya fondlari va kompaniyalari koʻmagida maxsus iqtisodiy zonalar va industrial 'xablar' tashkil etilmoqda, sanoat, 'yashil' energetika, qishloq xoʻjaligida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, infratuzilma modernizatsiya qilinmoqda.

Bunday loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning yetakchi muhandislik markazlari, investitsiya va sanoat korxonalari faol jalb etilmoqda.

Davlatimiz rahbari Germaniya kompaniyalarini mintaqaviy kooperatsiya loyihalarini oʻzaro manfaatli shartlarda amalga oshirishda faol ishtirok etishga taklif etdi.

Soʻzining yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan ushbu formatdagi muntazam muloqotlar oʻzaro manfaatli koʻp tomonlama hamkorlik uchun keng imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi

Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni

26 Aug 12:29
 
28
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish

03 Sep 21:34
 
19
0
xs.uz

Fuqarolarni koʻpga “uxlatgan” “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bildirilishicha, bugun, 3-sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi 'AIF' platformasining faoliyati oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida ushbu platforma ayni paytda oʻz faoliyatini nomaʼlum sababga koʻra toʻxtatganligi va murojaat qiluvchi shaxslarga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.Shundan kelib chiqib, 3-sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi T

03 Sep 21:35
 
22
0
xs.uz

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida muhim oʻzgarish boʻldi

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʼminlanadi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.Maʼlum qilinishicha, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar 'Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida'gi Qonun normalarig