calendar 03 Sep 21:34
eye 8
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fuqarolarni koʻpga “uxlatgan” “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

image
Bildirilishicha, bugun, 3-sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi 'AIF' platformasining faoliyati oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida ushbu platforma ayni paytda oʻz faoliyatini nomaʼlum sababga koʻra toʻxtatganligi va murojaat qiluvchi shaxslarga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Shundan kelib chiqib, 3-sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasini 3-qismi 'a,v' bandlari (Pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

'Jinoiy hodisani va jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash, shuningdek tergov jarayonini tez va sifatli amalga oshirish maqsadida viloyat ichki ishlar organlarining malakali tergovchilaridan iborat tergov guruhi tuzildi. Hozirda tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchilar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga kirishilgan', deyiladi xabarda.

Shuningdek, mazkur platformaning noqonuniy faoliyati tufayli moddiy zarar koʻrgan shaxslardan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga murojaat qilishlari soʻralgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 19:15
 
97
0
xs.uz

Oʻzbekistonning saylov transformatsiyasi: zamonaviy texnologiyalar orqali demokratiya yanada taʼminlanadi

Bu oddiy bir tadbir emas, millatning demokratik yoʻlidagi muhim bosqichni ifodalaydi, saylov muhitini oʻzgartirishni vaʼda qiladigan yangi oʻzgarishlarni kiritadi. Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi bir necha asosiy innovatsiyalarni eʼlon qildi, ular katta samaradorlik, shaffoflik va inklyuzivlikni taʼminlaydi, bu saylovlarni jahon manfaatlari mavzusiga aylantiradi.Mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasiga saylovlar majoritar va proporsional vakillikni bir

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Samarqandda turizm geografiyasini kengaytirish: istiqbol va imkoniyatlar

Samarqand uzoq yillar davomida tarixiy shahar sifatida sayyohlarni jalb etgan boʻlsa, endilikda turizmning boshqa yoʻnalishlari, xususan, ekoturizmni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.Joriy yil boshida Prezident qarori asosida Samarqand tumanida 'Ohalik ' Oqboʻyro ' Mironqul' turistik-rekreatsion zonasini tashkil etishga kirishildi. Hozirgi vaqtda tumandagi uchta hududda yirik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 73 million dollarlik 130 ta birlamchi loyiha shak

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

19 Jul 12:13
 
82
0
qalampir.uz

Rossiyada deputatni kaltaklagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Kecha, 18 iyul kuni bir to‘da muhojirlar Samarada Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyevni kaltakladi. Ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda. Bu haqda deputat o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. Qayd etilishicha, Samarada Davlat Dumasi deputati mashina haydab ketayotganida derazadan yigitlar o‘rtasidagi mushtlashuvga ko‘zi tushgan. U mashinadan tushib, mushtlashuvni to‘xtatishga uringan. Oqibatda deputat og‘ir jarohat olgan, jumladan, bosh qismi sh