calendar 26 Jul 10:20
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsatib o‘tilgan, ammo ko‘plab tadbirkorlarning bozor ichki yo‘laklarigacha tovarlarini chiqarib sotish holatlari aniqlangan. Bozor ma’muriyati favqulodda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar oldini olib, tushuntirish ishlarini boshlaganda tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan.

“Mazkur holat yuzasidan hech kim hech qanday tan jarohati olmagan, xususan, Milliy gvardiya xodimlari ham. Mazkur vaziyatning har bir holati bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining “Farhod” bozorida sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
24
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida 'Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522

03 Sep 21:35
 
22
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda

Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirida soʻzlagan nutqi davomida aytib oʻtdi.Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi taʼminlanadi.Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeropo

10 Oct 15:15
 
18
0
xs.uz

Jalaquduqlik haydovchi 41 ta jarima toʻladi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tartiblar qanchalik koʻp oʻrnatilmasin, afsuski, jarimaga tortilgan haydovchilar soni ham, toʻlovlar miqdori ham tobora ortib bormoqda. Misol uchun, Jalaquduq tumanida yashovchi F.S. ni olaylik. U boshqaruvidagi 'Tracker' avtomashinasida 41-marta qoidabuzarlik sodir etganligi qayd etildi. Natijada birdaniga 25 mln. soʻmdan yuqori miqdorda maʼmuriy jarima toʻlovini toʻlashga majbur boʻldi.' B

20 Sep 00:21
 
18
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga yetib bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga yetib bordi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi ikkinchi 'Markaziy Osiyo - Germaniya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.