calendar 08 Sep 16:45
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kontrakt toʻlovini amalga oshirishning soʻnggi muddati qachon?

image


2024/2025 oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari belgilandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha davom etadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha ham choʻzilishi mumkin.

Shuningdek, belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha ham toʻlasa boʻladi.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega, chunki yurtimizdagi koʻplab oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillikka erishgan.

Avvalroq, Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgani haqida maʼlum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
24
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,72 soʻmga tushdi va 12 625,21 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 33,15 soʻmga oshib, 13 982,42 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,72 soʻmga tushib, 138,42 soʻmni tashkil qildi.

24 Aug 17:27
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonda tadbirkorlar yer sotib olishida yengilliklar beriladi

Oʻzbekistonda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda aytib oʻtdi.Yer bozori shakllanishi taʼsirida yangi investisiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi. Tadbirkor yerga buncha katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablagʻi yetmay qolayapti. Shu sababli endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga

03 Sep 21:35
 
15
0
xs.uz

Umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

'Fiskal tahlillar' portali yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlaganini maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, joriy yil yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 19 ming 427 ta yuridik shaxs tomonidan 750,2 milliard soʻm soliq toʻlangan. Shundan 126,2 milliard soʻmi, yaʼni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trillion soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlar

08 Sep 16:45
 
17
0
xs.uz

Toshkent va Namangan viloyatlarida “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi

Ohangaron shahri va Namangan tumanida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqaro F.J. Birlik MFY hududidagi xonadonda qogʻoz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, elektr tarmogʻig