calendar 08 Sep 16:45
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent va Namangan viloyatlarida “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi

image
Ohangaron shahri va Namangan tumanida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqaro F.J. Birlik MFY hududidagi xonadonda qogʻoz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Ibrat MFY hududidagi noturar qurilish obyektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati koʻrsatish faoliyatini yoʻlga qoʻyib, jami 138,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni ochiqlandi

Statistika agentligi Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etishini ochiqladi. Bu haqda Agentlik rasmiy sahifasida xabar qilingan.Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshganini maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-iy

26 Jul 10:18
 
42
0
postda.uz

MUHIMI – HARAKATDAN TO‘XTAMASLIK

Toshkentda yashovchi S.M. jarqo‘rg‘onlik tadbirkor K.X.dan qiymati 400 million so‘mlik mahsulot xarid qiladi. Kelishuv boshida mahsulotlar uchun 100 million so‘m pulni shu yerning o‘zida beradi, qolgan 300 mil­lion so‘mini biroz muddatdan keyin berishini aytadi. Tadbirkor bunga rozi bo‘ladi. Ammo S.M. mahsulotlarni olib ketgach, qolgan pulni bermaslik uchun ming bir bahonalarni to‘qiy boshlaydi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, K.X. ichki ishlar organiga murojaat qiladi. T

11 Aug 03:44
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda avgustdagi pensiya va nafaqa toʻlovlari boʻyicha maʼlumot berildi

2024-yil avgust oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4 million nafardan ortiq pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga oʻtkazilgan. Pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda, yaʼni bank plastik kartalari orqali oluvchi 3,1 million nafar (yoki jami oluvchilarning 78 foizi) fuqarolarga pullar toʻliq oʻtkazilgan.Bir

19 Aug 07:04
 
24
0
xs.uz

Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganiga munosabat bildirildi

'Hududiy elektr tarmoqlari' ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotgani toʻgʻrisida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.Tarmoqlarda ayrim isteʼmolchilarda shunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritilganda, oʻtgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani toʻgʻrisida videoxabarlar tarqalgan.'Hududiy elektr tarmoqlari' holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qiladi.