calendar 24 Aug 17:26
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro kongressda 35 da davlatidan olimlar ishtirok etmoqda

image
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugun joriy yilning 23-26-avgust kunlari Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi renessans poydevori' VIII xalqaro kongressi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Kongressini Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish soʻzi bilan ochdi.

Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning 35 da davlatidan 300 ga yaqin olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida IRSIKA, AYSESKO, TURKSOY, 'Al-Furqon' fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbarlari, Islom olami robitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari bor.

Ochilish marosimi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov tomonidan 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans asosi' VIII xalqaro Kongressi ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi oʻqib eshittirildi.

Prezidentimiz yoʻllagan tabrikda Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Ochilish marosimida anjumanning nufuzli mehmonlari qutlov soʻzlarini aytib, hamkorlik loyihalari haqida qatnashchilarga qisqacha maʼlumot berib oʻtishdi.

Shundan soʻng qatnashchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga qaratayotgan yuksak eʼtibori yaqqol ifodasini topgan hujjatli film va Butunjahon jamiyati faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi.



Shundan soʻng yalpi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Islom sivilizatsiyasi markazi va xorijiy dizaynerlar oʻz loyihalari va konsepsiyalari, muzeylar va Imom Buxoriy markazining koʻrgazmalari konsepsiyalari ilmiy xodimlar tomonidan taqdim etildi. Milliy mutaxassislar hamkorlikdagi loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeyining koʻrgazmalari boʻyicha videoroliklar namoyish etildi.

Yalpi yigʻilishdan soʻng Kongress oʻz ishini yettita shoʻba doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeylarining ekspozitsiyalari boʻyicha taqdim qilingan loyihalarni muhokama qilish bilan davom ettirdi.

Kongressning maqsadi ham Yangi Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yoʻli, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, xalqimizning boy madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda mahalliy olimlar va xalqaro ilmiy ekspertlar hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan.

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:33
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda davlat mukofotlarini topshirdi

Koʻksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlab, muhtarama onalar, aziz opa-singillarni samimiy qutladi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini toʻliq taʼminlash, qadr-qimmatini ulugʻlash davlatimiz siyosatida yetakchi oʻrinda ekanini taʼkidladi.Xususan, 2017-yilda boshqaruv sohasida xodimlarning oʻrtacha 20 foizini xotin-qizlar tashkil etgan boʻlsa, hozir

26 Feb 17:04
 
21
0
xs.uz

Buxoro viloyati tartibli migratsiya boʻyicha ilk bor peshqadamga aylandi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining viloyat filiali tashabbusi bilan Xalqaro mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Unda xususiy bandlik agentliklari, nodavlat taʼlim muassasalari, bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.' Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatimizda xususiy bandlik agentliklarining filiallarini ochish, mavjud boʻsh ish oʻrinlarini keng targʻib qilish, kam daromadli va ishsiz fuqarolarning bandligin

06 Mar 16:12
 
10
0
xs.uz

Energetika vazirligiga ijtimoiy meʼyorlar muddatini oʻzgartirish vakolati berildi

Energetika vazirligiga elektr va gaz boʻyicha ijtimoiy meʼyorlar muddatini oʻzgartirish vakolati berildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 28-fevraldagi qarorida'nazarda tutilgan.Unga koʻra, Energetika vazirligi hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, tabiiy gaz va elektr uchun bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritishi mumkin boʻladi.Energetika vazirligi, 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ va 'Hududgaztaʼminot' AJ baz

26 Feb 17:05
 
20
0
xs.uz

Elchi Alisher To‘xtayev: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi siyosiy aloqalar so‘nggi yillarda yangi bosqichga chiqdi

'Dunyo' AA muxbiri tashrif arafasida mamlakatimizning Islomoboddagi elchisi Alisher To'xtayev bilan O'zbekiston ' Pokiston ikki tomonlama munosabatlarining joriy holati va istiqbollari xususida suhbatlashdi.' Pokiston Bosh vazirining O'zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar qay holatda?' O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi siyosiy aloqalar so'nggi yillarda yangi bosqichga chiqdi. Davlat rahbarlarining o'zaro tashriflari, strategik sheriklikka oid kelishuvlar