calendar 26 Feb 17:04
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buxoro viloyati tartibli migratsiya boʻyicha ilk bor peshqadamga aylandi

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining viloyat filiali tashabbusi bilan Xalqaro mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Unda xususiy bandlik agentliklari, nodavlat taʼlim muassasalari, bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

' Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatimizda xususiy bandlik agentliklarining filiallarini ochish, mavjud boʻsh ish oʻrinlarini keng targʻib qilish, kam daromadli va ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, qolaversa, xalqaro mehnat bozori talablarini oʻrgangan holda ularni xorijiy til hamda turli kasblarga oʻqitib, xavfsiz va tartibli migratsiyaga yoʻnaltirishdan iborat, ' deydi Migratsiya agentligi Buxoro viloyat filiali rahbari Nozima Xoliqova. ' Yarmarkada xorijga ishlagani ketish istagini bildirgan 400 nafarga yaqin fuqaro qatnashdi. Ular oʻzlari xohlagan ish boʻyicha zarur maʼlumotlarga ega boʻldi. Shuningdek, u yoki bu davlatda mehnat qilish niyatini bildirganlar xususiy bandlik agentliklari orqali roʻyxatga olindi.

Aytish joizki, chet elga ishlagani bormoqchi boʻlganlarni tartibli tarzda joʻnatish dolzarb masala sanaladi. Afsuski, ayrim yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligi haqida kerakli maʼlumotlarga yoki kasb-hunarga ega boʻlmay, til oʻrganmay turib xorijga yoʻl olishadi. Tavakkalchilik ortida esa istaymizmi-yoʻqmi xavf-u xatar yotadi. Xorijda sarson-sargardon boʻlib, oilasidagilarni ham xavotir-u tashvishga qoʻygan fuqarolar yoʻq deysizmi? Yarmarka shu nuqtayi nazardan ham foydali boʻldi. Qolaversa, tadbirda xususiy bandlik agentliklari hamda nodavlat taʼlim muassasalari bilan kelishuv memorandumi imzolandi.

Darvoqe, Migratsiya agentligining viloyat filiali tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar oʻz samarasini bera boshladi. Chunonchi, tartibli migratsiyaga yuborish borasida Buxoro viloyati yanvar oyi natijalariga koʻra, ilk bor peshqadamga aylandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi

Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo

18 Jun 21:55
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi intensiv bogʻda sarxil mevalar hosilini koʻzdan kechirdi

'Meridian Tempo' korxonasiga qarashli ushbu 54 gektar bogʻda gilos, olma, nok va malinaning eksportbop navlari ekilgan. Koʻchatlar Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan. Daraxtlar oʻzini oʻzi changlatish xususiyatiga ega. Bu hosildorlik yuqori boʻlishida muhim oʻrin tutadi.Zamonaviy agrotexnologik tizimlar orqali bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish joriy etilgan. Avval suv maxsus havzada toʻplanadi va tabiiy nishablik orqali sugʻoriladi. Bunga energiya sarflanmay, natijada xarajat va ma

13 May 14:37
 
65
0
xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni

01 Jun 03:47
 
111
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ