Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda davlat mukofotlarini topshirdi

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlab, muhtarama onalar, aziz opa-singillarni samimiy qutladi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini toʻliq taʼminlash, qadr-qimmatini ulugʻlash davlatimiz siyosatida yetakchi oʻrinda ekanini taʼkidladi.
Xususan, 2017-yilda boshqaruv sohasida xodimlarning oʻrtacha 20 foizini xotin-qizlar tashkil etgan boʻlsa, hozirgi vaqtda bu raqam 35 foizga yetdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat aʼzolarining 27 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Bu jamiyatimiz rivojiga ham ijobiy taʼsir etmoqda. Eng muhimi, aql-zakovatli, bilimli va isteʼdodli xotin-qizlari davlat va jamiyatning barcha sohalarida namuna boʻlishmoqda.
Oʻtgan yili Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ayol sportchilarimiz 3 nafari oltin, 8 nafari kumush, 3 nafari bronza medalini qoʻlga kiritdi. Madaniyat va sanʼat sohasidagi nufuzli xalqaro tanlovlarda 25 nafar, mamlakat miqyosidagi koʻrik-tanlovlarda esa 71 nafar isteʼdodli qiz gʻolib boʻldi.
Prezidentimiz ayollarning ogʻirini yengil qilish, ularga qoʻshimcha sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
' Uy-roʻzgʻor ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, taʼlim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, toʻgʻri boʻladi. Yangi Oʻzbekistonda xotin-qizlarning ogʻirini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, yangilangan Konstitutsiyamizdagi ijtimoiy davlat tamoyiliga muvofiq, ayollarni ijtimoiy himoya qilish ham yangicha tashkil etilmoqda. Joriy yilda nogironligi boʻlgan 162 ming nafar ayolga sanatoriy, shifoxona va oʻzlari yashayotgan mahallada tibbiy yordam koʻrsatiladi, boquvchisini yoʻqotgan 130 ming nafar xotin-qizga moddiy yordam beriladi, yana 6 mingining uy-joy sharoitlari yaxshilanadi, mehnatga layoqatli ayollar ishga joylashtiriladi.
Shuningdek, har yili ogʻir vaziyatga tushib qolgan 50 ming nafar xotin-qiz mamlakatimizdagi soʻlim maskanlarga oʻqish va hordiq chiqarish uchun yuboriladi.
Xotin-qizlarning salomatligi ' har tomonlama sogʻlom va qudratli jamiyat poydevoridir. Shu maqsadda 230 ta tugʻruq muassasasi 21 mingta eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, joriy yilda 1,5 million nafar xotin-qizda saraton kasalligini erta aniqlash maqsadida skrininglar oʻtkaziladi.
Qiz bolaning oʻqishi butun oilaga naf keltirishi yana bir bor taʼkidlandi. Agar oila bilimli, maʼrifatli boʻlsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi.
Talabalarning 52 foizdan ortigʻini xotin-qizlar tashkil etayotgani mana shu ezgu gʻoyaning amaliy natijasi deyish mumkin. Oʻtgan yilning oʻzida magistraturada oʻqiyotgan 15 mingga yaqin xotin-qizlarga 100 milliard soʻmga yaqin kontrakt puli toʻlab berildi.
Hozirgi vaqtda 6 ming 200 dan ortiq xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgani, ilmiy ishlanmalarning 25 foizini olima ayollar yaratayotgani ham, jamiyatda ularning oʻrni mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Har bir oiladagi qizlar bogʻcha, maktab bilan toʻliq qamrab olinishi, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini egallashi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun bundan buyon ham barcha sharoitlar yaratiladi. Xususan, bu yil 250 ming nafar qiz oliy taʼlimga qamrab olinadi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 karra koʻp. Yana 250 ming nafar ayol kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitiladi. 'Yorqin kelajak' loyihasi doirasida kamida 200 nafar qiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuboriladi.
Davlatimiz rahbari xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida toʻxtaldi.
Shu boradagi amaliy qadam sifatida Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu kengash joylarda ayol tadbirkorlarni qiynayotgan hayotiy muammolarni hal qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri parlament oldiga masala qoʻyish vakolatiga ega boʻladi.
Bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qoʻshimcha 3,3 trillion soʻm ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana 100 million dollar beriladi. Bunga qoʻshimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga 50 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratadi.
Qayd etilganidek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha 4 bosqichli yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi.
Birinchi bosqichda biznesga qiziqqan, lekin koʻnikmasi boʻlmagan 20 ming nafar xotin-qiz tadbirkorlikka oʻqitiladi. Ikkinchi bosqichda oʻzini oʻzi band qilgan 100 ming nafar ayolning kichik tadbirkor boʻlishiga koʻmaklashiladi. Uchinchi bosqichda 'Hamroh' kompaniyasi har bir tumanda 2 tadan kichik korxona namunali oʻrta biznes darajasiga olib chiqishga masʼul boʻladi. Toʻrtinchi bosqichda eng faol 50 nafar ayol tadbirkor yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshadigan 'chempion tadbirkor'ga aylantiriladi.
Umuman, bu yil kasb-hunarga oʻqitish, ishli qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 2 million nafar ayolning bandligini taʼminlash maqsad qilingan.
' Oldimizga barcha soha va yoʻnalishlarda gʻoyat ulugʻvor maqsadlarni qoʻymoqdamiz. Bunga erishish uchun biz tayanadigan yetuk avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish siz, azizlarning ' fidoyi onalarning qoʻlida, ' dedi davlat rahbari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 3-martdagi qaroriga binoan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 4-martdagi farmonga muvofiq, mehnat faoliyati va jamoat ishlarida katta natijalarga erishgan bir guruh ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Marosim soʻngida Shavkat Mirziyoyev xalqimiz nomidan ayollarni yana bir bor tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
' Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, dunyodagi eng katta boylik ' oilaviy baxt-saodat yor boʻlishini tilayman. Doimo farzandlaringiz va yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardogʻida yurish nasib etsin, ' dedi Prezident.
Bayram doirasida 'Oʻzbekiston' anjumanlar saroyida tantanali konsert namoyish etildi.
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi
Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi