Energetika vazirligiga ijtimoiy meʼyorlar muddatini oʻzgartirish vakolati berildi

Unga koʻra, Energetika vazirligi hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, tabiiy gaz va elektr uchun bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritishi mumkin boʻladi.
Energetika vazirligi, 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ va 'Hududgaztaʼminot' AJ bazaviy meʼyorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib borishi lozim.
Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.
Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0 darajadan tushib, odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha'uzaytirilgan. Bu ham yuqoridagi vakolat doirasida amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, isitish mavsumidan tashqari davrda gaz isteʼmolining bazaviy meʼyori oyiga 100 kub metrni tashkil etadi.
Prezident “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil 'Parkentsoy' turar joy massivi boʻldi.Hududlarni 'oʻsish nuqtalari'ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish ' davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi. Bunday oʻzgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.Tuman markazidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy qirgʻogʻida q
TDAU hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan agrar sohada ilgʻor texnologiyalar va tajribalarni joriy etishga qaratilgan kelishuv imzolandi
Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida davlatimiz rahbarining 'Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qator tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzildi.'Made in Karakalpakstan' koʻrgazmasi hamda 'Qoraqalpogʻistonda investitsiya kiriting' invest
Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala