calendar 27 Jul 21:45
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda bemor va uning ikki do‘sti shifokorlarni do‘pposladi

image

Bugun, 27 iyul kuni Toshkent shahrida 27 yoshli bemor va uning do‘stlari shifokorlarni do‘pposladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun soat taxminan 07:20 larda 1-son shahar klinik shifoxonasi qabul bo‘limiga 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. ikki  nafar o‘rtog‘i – P.I. va S.B.lar hamrohligida olib kelingan.

Bemor zudlik bilan navbatchi travmatolog-shifokor A.A. tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Dastlabki tekshiruv davomida unga “ikkala qo‘l-bilak sohalari, ko‘krak qafasi va qorin oldi devorining ko‘plab kesilgan jarohatlari, gemorragik shok 2-3-daraja“ tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorning holati og‘ir, shok holatida deya baholanib, zudlik bilan qon to‘xtatish va shokka qarshi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda qo‘shma shikastlanishlar shoshilinch bo‘limining mikroxirurgiya o‘rniga gospitalizatsiya qilingan. Tanadagi ko‘plab kesilgan jarohatlar inobatga olinib, u darhol xirurgik amaliyot o‘tkazish maqsadida mikroxirurgiya operatsiya xonasiga olib kirilgan. Xirurgik amaliyotga tayyorlash vaqtida bemor shifokor-mikroxirurg M.X.ga jiddiy qarshilik ko‘rsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan va operatsion stoldan tushib, shifokorni qattiq do‘pposlay boshlagan.

Shundan keyin shifokor M.X. ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyat yuzasidan navbatchi qismga ma’lumot bergan. So‘ng shifokor M.X. bemorning o‘rtoqlari – P.I. va S.B.lar tomonidan ham kaltaklangan. Shu vaqtda shoshilinch xirurgiya bo‘limining navbatchi shifokori H.U. bemorga xirurgik amaliyotni bajarish uchun operatsion blokka kelgan. P.I. va S.B.lar bu tibbiyot xodimini ham ayovsiz do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda shifokor hushidan ketib, karaxtlik-koma holatiga tushgan va zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. O‘tkazilgan dastlabki tibbiy tekshiruvlar davomida jabrlanuvchi shifokorga “Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi o‘rta darajasi. 3-bel umurtqasi chap yon qanotining yopiq sinishi. Bosh peshona qismi terisining shilingan jarohati. O‘ng tomonlama lab burchagining yorilishi” tashxisi qo‘yilib, shoshilinch reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rilgan.

O‘tkazilgan davo muolajalari natijasida shifokorning holati biroz ijobiy tomonga o‘zgarib, hushiga kelgan va shok holatidan chiqarilgan. Ammo unda hali ham karaxtlik mavjud. Shu bois davo muolajalari jonlantirish bo‘limida davom ettirilmoqda.

Ikkinchi shifokor M.X.ning holati hozir nisbatan qoniqarli, lekin olgan bosh miya jarohati va ruhiy holati keskin yomonlashgani inobatga olinib, shifoxonaning qo‘shma jarohatlar bo‘limi travmatologiya qismiga gospitalizatsiya qilingan va kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilyapti.

“Ayni paytda mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan. Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”,  deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 26 yoshli yigit chaqiruv bo‘yicha kelgan tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 19:28
 
74
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, 22-23-iyul kunduzi +34...+39 daraja, 24-iyulda +36...+41 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharq

26 Jul 10:20
 
29
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n

26 Jul 10:21
 
48
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

23 Jul 11:35
 
72
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 24-iyul kuni havo harorati 43 darajaga koʻtarilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulu