calendar 26 Jul 10:20
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda turizm geografiyasini kengaytirish: istiqbol va imkoniyatlar

image
Samarqand uzoq yillar davomida tarixiy shahar sifatida sayyohlarni jalb etgan boʻlsa, endilikda turizmning boshqa yoʻnalishlari, xususan, ekoturizmni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.



Joriy yil boshida Prezident qarori asosida Samarqand tumanida 'Ohalik ' Oqboʻyro ' Mironqul' turistik-rekreatsion zonasini tashkil etishga kirishildi. Hozirgi vaqtda tumandagi uchta hududda yirik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 73 million dollarlik 130 ta birlamchi loyiha shakllantirilgan. Misol uchun, uzunligi 6 kilometr, 3 ta toʻxtash stansiyasidan iborat osma dor (kanat) yoʻli loyihasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, 110 ming sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega modulli dam olish maskanlari, mehmonxona, kemping, eko-uy va bogʻlar, choʻmilish havzalarini oʻz ichiga olgan 40 ta loyiha taklif etilyapti.

Bu togʻli hududning goʻzal tabiati, toza havosi tufayli shu paytgacha asosan bolalar oromgohlari qurilgan, aholi dam olish maskanlari tashkil etilgan. Endi esa eko hamda ekstremal turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratilib, zamonaviy talablar asosida ekologik tez quriladigan joylashtirish vositalari, savdo-koʻngilochar va boshqa turizm infratuzilma obyektlari barpo etiladi.



Hududdagi 6000 ta xonadonda 15 mingga yaqin aholi yashaydi. Umumiy maydoni 1697 gektar boʻlgan 'Ohalik', 414 gektardan iborat 'Oqboʻyro' hamda 2545 gektarda 'Mironqul' togʻ turizmi loyihalari amalga oshirilsa yaratiladigan ish oʻrinlari nafaqat hududda ishsizlik muammosini hal etadi, balki boshqa hududlardan ham malakali mutaxassislar jalb qilish imkonini beradi.

Infratuzilma toʻliq davlat tomonidan, yaʼni respublika va mahalliy byudjet hisobidan tashkil qilib berilmoqda. Turizm va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini esa mahalliy va xorijiy investorlar amalga oshirishi koʻzda tutilgan. Qurilayotgan obyektlarning aksariyatiga mahalliy investorlar pul tikkan. Ularning ayrim obyektlari allaqachon ishga tushgan.



2025 ' 2026-yillarda turistik-rekreatsion zona va unga olib boruvchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun respublika byudjetidan 31 milliard, mahalliy byudjetdan 8,9 milliard soʻm sarflanishi rejalashtirilgan. Viloyat mahalliy byudjetidan yoʻl infratuzilmasini qayta qurish, joriy va mukammal taʼmirlashga ham 14 milliard 700 million soʻm ajratish koʻzda tutilgan.

Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish va taʼmirlash, ichimlik suv va oqova tarmoqlarini qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Hududda axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish uchun 'Oʻzbektelekom' aksiyadorlik kompaniyasi 97,4 million soʻm sarflashi belgilangan.



Kattaqoʻrgʻon shahrida esa madaniyat va turizm klasteri tashkil etilmoqda. Kattaqoʻrgʻon suv omborida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha uch bosqichli boʻlib, birinchi bosqichda yashil tabiat qoʻynida kafe-bar, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, yengil konstruksiyali tamaddi joylari, yopiq va ochiq turdagi akvapark, havo sharlari va suv texnikalari (skuter katerlar), bolalar oromgohidan iborat boʻlgan dam olish maskani barpo etiladi. Ikkinchi bosqichda dam olish uylari, restoranlar hamda uchinchi bosqichda mehmonxona va 8 ming oʻringa moʻljallangan amfiteatr loyihasi amalga oshiriladi.

Madaniyat va turizm klasterining birinchi bosqichiga belgilangan obyektlar hozirda foydalanishga topshirila boshlandi.

Mazkur hududlarni koʻzdan kechirarkansiz, ekoturizm uchun qulay muhit va resurs borligiga amin boʻlasiz. Qurilayotgan loyihalar ham kichkina emas, ekoturizm yoʻnalishida Samarqanddagi eng qiziqarli nuqtalardan biri boʻlishi shubhasiz.

Qolaversa, ushbu obyektlarning ish boshlashi, sayyohlarning hududda koʻproq boʻlishiga erishish byudjet uchun ham, sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi mahalliy aholi uchun ham daromad nuqtayi nazaridan juda muhim.



Bundan tashqari, dunyoda zamonaviy turizmning eng muhim yoʻnalishiga aylangan ekoturizm atrof-muhitni muhofaza qilishni taqozo etadi, biorang-baranglilikni, tabiiy resurslarni saqlash va hatto kengaytirish, umuman, ekologiya uchun beqiyos ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, madaniy merosni ham asrash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda juda katta oʻrin tutadi. Aholiga yangi ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanish imkoniyatini beradi. Sayyohlar tomonidan sarflanadigan mablagʻ oʻsha hududni boy qiladi. Ekoturistik hududlarda infratuzilma yaxshilanishi bilan bir qatorda hudud aholisi mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari kabi qator sohalarda band boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
23
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti

08 Sep 16:44
 
16
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m

09 Oct 12:39
 
11
0
xs.uz

Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo

20 Sep 00:21
 
20
0
xs.uz

Norin GESlar kaskadi milliy brend ostida barpo etilmoqda

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda oqar suv kuchidan foydalanish sohadagi anʼanaviy usul va hozirgi kunda uning ahamiyati yanada kuchaygan. Namanganda ayni maqsadda foydalansa boʻladigan obi-hayot manbalari anchagina. Bundan uch yil avval Katta Fargʻona kanalining Uchqoʻrgʻon tumanidan oqib oʻtadigan qismida dastlabki kichik gidroelektrostansiya kaskadlari ishga tushirilgan edi. Ularning umumiy quvvati 12 megavattga teng boʻlib, hozirgi vaqtda 48 mi