Davlatimiz rahbari joriy yilning mart oyida Namangan viloyatiga rasmiy tashrifi chogʻida qurilishiga start bergan yana bir GESlar kaskadi Norin daryosining Uychi tumanidan oqib oʻtgan qismida barpo etilmoqda. Umumiy quvvati 228 megavatt boʻlgan kaskad 6 ta GESdan iborat. Ushbu istiqbolli loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga oʻrtacha 1 025 mln. kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Energoquvvatlari oʻrtacha 430 ming xonadonga kirib boradigan kaskad qurilishi toʻrt yilga moʻljallangan.
' Inshootning ahamiyatli tomoni, u respublikadagi birinchi 'Milliy GES'ga aylanadi, ' deydi 'Oʻzbekgidroenergo' AJ kapital qurilish boshqarmasi boshligʻi Muhammad Otaxonov. ' Sababi, loyiha toʻliq ' Oʻzbekgidroenergo' AJning mablagʻlari hisobidan, mahalliy loyihalashtirish va pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda. Zarur asbob-uskunalarning barchasi, xususan, quvvati 40 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlar 'Made in Uzbekistan' brendi ostida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan qoʻshma korxonada ishlab chiqariladi.
Ayni paytda GES qurilishi jadal surʼatda davom etmoqda. Quruvchi va mutaxassislar 265 metr uzunlik va 9 metr balandlikdagi gidrouzelni tiklash hamda daryo suvini 1-stansiyaga olib boruvchi kanalni qazish, shuningdek, tuproq ishlari bilan mashgʻul.
Aytish lozimki, yuqori innovatsion texnologik qurilmalarning mamlakatimiz gidroenergetika sohasida ilk bor amaliyotga joriy etilishi istiqbolda moliyaviy sarf-xarajatlarni iqtisod qilish, sifatli va zamonaviy andozalarga mos agregatlar tayyorlashni oʻzlashtirishga xizmat qilishi bilan eʼtiborni tortadi.
Shavkat Mirziyoev jamoatchilik vakillari va nodavlat tashkilotlariga murojaat qildi
'Korrupsiyaga qarshi kurash ' umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak.Shu bois, korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish uchun yanada koʻproq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo, nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu ' eng toʻgʻri yoʻl', ' dedi davlatimiz rahbari.Parlament nodavlat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, ularning imkoniyatlar
Prezident Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va munosib nishonlash toʻgʻrisida qaror imzoladi
Mamlakatimizda 9-may'''Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga hissa qo'shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida e'tibor va chuqur ehtirom ko'rsatish, shuningdek mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini ulug'lash yurtimizda oliyjanob qadriyatga aylangan.
Prezident Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha rejalarni koʻrib chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, ish o'rinlari va investitsiyalarni ko'paytirish bo'yicha 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.Keyingi yillarda Sirdaryoda energetika, qurilish, tadbirkorlik birmuncha rivojlandi. O'tgan yili davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog'ida tomorqachilik va kichik loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi tajriba yaratildi.Lekin tashabbuskorlik kamligi uchun sanoat, s
Prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli 'Katta dubulgʻa' xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni'qabul qildi.Mazkur yirik sport tashkiloti bilan mamlakatimizda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtiro