Prezident Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha rejalarni koʻrib chiqdi

Keyingi yillarda Sirdaryoda energetika, qurilish, tadbirkorlik birmuncha rivojlandi. O'tgan yili davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog'ida tomorqachilik va kichik loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi tajriba yaratildi.
Lekin tashabbuskorlik kamligi uchun sanoat, savdo va xizmatlar rivojlanishdan orqada qolib ketayapti. Xususan, Sirdaryoda xizmat ko'rsatish sohasining respublikadagi ulushi eng past. Kambag'allik darajasi 11 foizdan ko'p. 22 ming nafar fuqaro ishsiz.
Bugun dunyoda iqtisodiy shart-sharoitlar tez o'zgarmoqda. Bunday vaziyatda izlanib, o'rganib, ichki imkoniyatlarni to'la ishga solgan hudud yutadi.
Shu maqsadda Sirdaryo viloyatida investitsiyalarni ko'paytirib, sanoat va biznes-muhitni yaxshilash, kambag'allikni qisqartirish, shuningdek, viloyatning tranzit salohiyatidan unumli foydalanish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Masalan, qariyb 900 gektar yer maydonida sanoat zonalari tashkil qilinishi mo'ljallangan. Bu 5 milliard dollar investitsiyaga va 20 mingdan ortiq yangi ish o'rniga zamin bo'ladi. Loyihalar Sirdaryo, Shirin, Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Guliston, Oqoltin va Sardobada joylashadi.
Viloyat geografik jihatdan O'zbekistonning markaziy qismida, bir nechta xalqaro avtomagistral kesishmasida joylashgan bo'lib, bir kecha-kunduzda 311 mingta transport vositalari o'tadi. Shunga ko'ra, tadbirkorlar bu yo'llar bo'yida yuzlab savdo shoxobchalari ochishga tayyorligini bildirgan.
Shu kabi 500 ming kvadrat metr savdo-servis maydoni tashkil etib, 50 ming odamning bandligini ta'minlash imkoniyati bor.
Yer-suvi mo'l bu hududda paxta, sholi, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun katta salohiyat bor. Shu bois kartoshka, piyoz, maymunjon, qorag'at va olcha maydonlari kengaytiriladi. Tomorqa, dala va kanallar chetidagi 38 ming gektarga qayta ishlovchi va eksportchilar biriktiriladi.
8 ta tumandagi past rentabelli 25 ming gektar yer sholi yetishtirishga o'tkaziladi. Sholichilik korxonalarini qo'llab-quvvatlash uchun mahsulotning 50 foizini eksport qilishga ruxsat beriladi.
Viloyatda mingdan ziyod xonadonning qurilganiga ellik yildan oshgan. Renovatsiya dasturi asosida, ularning o'rnida 15 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilishi ko'zda tutilgan. Bu borada Marg'ilon shahri, Do'stlik tumanidagi ijobiy tajribalar o'rganiladi.
Yangi xonadonlar arzon bo'lishi uchun developerlarga soliq, bojxona imtiyozlari beriladi. Shuningdek, viloyatdagi yo'l, elektr, uy-joy, irrigatsiya, bog'cha, maktab va boshqa ijtimoiy obyektlarni yangilashga 100 million dollar yo'naltiriladi.
Guliston shahrini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta'minlashga zarur mablag' ajratish va bu ishlarni 2025-yil 1 iyuga qadar yakunlash topshirildi. Shuningdek, Guliston va Shirin shaharlarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ularning hududini kengaytirish taklifi ma'qullandi.
Umuman, bunday imkoniyatlar evaziga joriy yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etib, eksportni 500 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning natijasida 16 mingdan ziyod yangi ish o'rni ochilishi, kambag'allik darajasi 7,4 foizga tushishi qayd etildi.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland