Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik maoshi ish beruvchidan undirib berildi.
Toshkentda koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqdi
Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 22:10 da Yashnabod tumani, 'Vatandosh' MFY Tuzel dahasi 12-A uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:33 da oʻchirilgan. Sodir boʻlgan yongʻin natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan.Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq
Namangan va Ozarbayjon hamkorligi kengaymoqda
' Ayni paytda biz uchun ajratilgan maydonda ishni boshlab yubordik, ' deydi TST Textile group rahbari Abdulvoris Yoʻldoshev. ' Ozarbayjon qishloq xoʻjaligida paxtachilik bilan azaldan shugʻullanishadi. Hamkorlik tajribalarni uygʻunlashtirib, soha rivojiga yangilik olib kiradi.Maʼlumot oʻrnida, ozar qardoshlarimiz ham Namanganda qishloq xoʻjaligida qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tumanida qiymati 15 million dollarlik 'Zamonaviy logistika markazi, muzlatgichl
Mirzachoʻl qovunlari eksport qilinmoqda
Xususan, Mirzaobod tumanining Bogʻiston mahallasidagi 'Red pack' korxonasi tomonidan Mirzachoʻl qovunlari Latviya va Rossiya davlatlariga joʻnatilmoqda. Yil boshidan hozirgacha mazkur korxona tomonidan 9 milliard 250 million soʻmlik piyoz, karam qovun kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilindi. Korxonada mahsulotlarni tashqi bozorga tayyorlash va ularni qadoqlash yuqori sifatda bajarilmoqda.' Eksport jarayonida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining fitosanitar tozaligiga ham jiddiy e
“Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston”
Oʻzbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeyi, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar boʻyicha ilgari surayotgan koʻplab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob qu