calendar 26 Jul 10:19
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri Suriyaga ham taalluqlidir”,  degan Putin.

O‘z navbatida, Asad ham butun dunyoda va Yevrosiyo mintaqasida ro‘y berayotgan barcha voqealarni inobatga olib, bugungi uchrashuv ushbu voqealar rivojining barcha tafsilotlarini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan istiqbollar va ssenariylarni muhokama qilish uchun juda muhim ekanini qayd etdi.

Asad oxirgi marta Rossiyaga 2023 yilning mart oyida borgan.

Qayd etish joizki, 2024 yil boshidan buyon matbuotda Asad va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi ilk uchrashuv Rossiyada bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qo‘shimcha kuch yuborgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti

Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Rossiyaning harbiy samolyotlari NATO osmonida “qoʻlga tushdi”. Tashkilot oʻz nizomining 5-moddasini qoʻllashi mumkin

NATO qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi uzra uchayotgan Rossiyaning beshta harbiy samolyotini aniqlab qurshab olgan. Latviya harbiy-havo kuchlariga koʻra, rus samolyotlarida parvoz rejalari yoki faol transponderlari boʻlmagani uchun vaziyatni chigallashtirilgan. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Rossiyaga tegishli samolyotlari ikki alohida holatda Boltiqboʻyi davlatlari yaqinidagi xalqaro havo hududida uchib yurganida radarlarga tushib qolgan. Moskva oʻchoqlari mintaqad

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Shifokor kuzda immunitetni mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berdi

Agar kuzda immunitet past boʻlsa, D3 vitamini miqdorini tekshirish kerak. Bu haqda terapevt Andrey Kondraxin maʼlum qildi.Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, vitamin D3 tanqisligi boʻlgan odamlar oʻzlarini zaif va charchagan his qilishlari mumkin.Shuningdek, shifokor kuzda shamollash ehtimolini kamaytirish uchun ob-havoga qarab kiyinishni maslahat beradi. Uning soʻzlariga koʻra, bu faslda juda yengil kiyinish buyraklar bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.Kondraxin shuningdek, aga

20 Sep 00:23
 
24
0
xs.uz

Ukraina Rossiyaning oʻq-dori omborlariga hujumlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzil Toropets

Toropets shahridagi Rossiyaning oʻq-dorilarni saqlash omborida kuchli portlash sodir boʻldi. Xabar qilinishicha, bunga Ukrainaning uchuvchisiz dronlari hujumi sabab ekanligi aytilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, katta portlash chorshanba tongida sodir boʻlgan va osmonga katta olov sharini hosil qilgan. Rossiyaning Tver viloyatida joylashgan Toropets Ukraina chegarasidan 300 chaqirim shimolda joylashgan boʻlib, avvalroq uchuvchisiz dronlar tomonidan nishonga olinga