calendar 20 Jul 16:54
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻldi

image
Toshkent shahrida yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB hodisa haqida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 13:33 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Katta Olmos koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan binolarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:57 da alangani oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.

Qayd etilishicha, sodir boʻlgan yongʻin natijasida, aytilgan manzilda binoning birinchi qavatida, qurilish mahsulotlari yongan. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
27
0
xs.uz

Rossiyada qarovsiz qolgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiya federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) oʻzining xorijiy hamkasbi ' Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan soʻrovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralari koʻrilayotganligi, Oʻzbekiston mas

25 Sep 13:14
 
12
0
xs.uz

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi

'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori bilan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ogʻir ahvoldagi kambagʻal oilalar biriktirilishi belgilandi.Xabar qilinishicha, qaror bilan Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi negizida Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi ta

25 Sep 13:14
 
13
0
xs.uz

Prezident shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarba

08 Sep 16:44
 
17
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” kelgusi hafta avvalida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10-sentyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 9-sentyabrda 22-27 daraja; 10-11-sentyabrda 25-30 daraja boʻladi.Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻi